Davron Fayziev: "Bugungi g'alabadan ortiqcha bo'shashib ketmasligimiz lozim"
06 apr 2019 20:48
Yangiliklar


Davron Fayziev: "Bugungi g'alabadan ortiqcha bo'shashib ketmasligimiz lozim"
“Dinamo” – “Metallurg” uchrashuvidan so'ng (2:1) mezbonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirdi:
"Namoyish etgan o'yinimizdan to'liq qoniqdim, deya olmayman. Lekin bugun g'alabaga mos o'ynadik, desam xato bo'lmaydi. Uchrashuv ishqibozlarga manzur bo'ladigan – shiddatli ruhda o'tdi. “Metallurg”dek mahoratli va tajribali o'yinchilardan iborat jamoaga munosub qarshilik namoyish eta oldik. Lekin hali chempionatning asosiy qismi oldinda. Bugungi g'alabadan ortiqcha bo'shashib ketmasligimiz lozim. Bugun bizga ishonib, o'yin davomida tinmay qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga esa minnatdorchilik bildiraman", - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar