So’nggi yangiliklar

16:03U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистонни мағлуб этган Корея Республикаси пенальтилар сериясида ютқазди ва финалга чиқа олмади  0 15:51Бир йилда 31та ўйин! Хулоса: Яман ва Индозенияни ютдик, Эрон ва Кореяга ютқаздик  2 15:44"Ман Сити" ёзда хавбек ва ўнг қанот ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Клубга Камбьязо ва Ливраменто қизиқ  0 15:20"Пахтакор" спорт директори: "Клуб Холдорхоновни сотди, лекин..."  4 14:49Равшан Эрматов: "Осиё кубогининг энг муҳим ўйинларини қабул қилиш учун 40-50 минг кишилик стадионлар талаб этилади. Биз бу масалада бир қанча лойиҳаларни кўриб чиқяпмиз"  7 14:38Ўзбекистон кубоги. Финал мезбонлиги уч стадиондан бирига насиб қилади  7 14:06«Атлетико» президенти: «ВАР яхши ҳакамликни ўлдирди»  4 13:30Пау Кубарси 12 йил ичида «Барселона» ҳимоячилари орасида энг ёш гол муаллифига айланди  3 13:00Жароҳатлардан азият чеккан, мусулмон немис билан бир хонада яшаган ва буюмларини "ўғирлатадиган" ОКМКнинг япониялик легионери билан яқиндан танишамиз  0 12:42Моуринью «Галатасарой» - «Фенербаҳче» ўйинидан кейин ҳакамлар хонасида бўлиб ўтган суҳбат тафсилотларини ошкор этди  0 12:01Неймар ёзда «Барса»га қайтиши мумкин, Захавининг агенти каталонияликлар раҳбариятини кўндиришга уринмоқда. Флик ва унинг штаби мутлақо қарши  12 11:39«Ливерпуль» 30 ёшли Робертсонга «Ньюкасл» футболчисини ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 11:17«Атлетико» Ковачични "Ман Сити"дан 30 млн еврога сотиб олиши мумкин  1 10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  1 10:53Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилди. Жамоаларда амалга ошган сўнгги трансферлар барчаси битта саҳифада  24

Davron Fayziev: "Bugun eng yaxshi o'yinchi sifatida darvozabonimizni aytgan bo'lardim" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bugun eng yaxshi o'yinchi sifatida darvozabonimizni aytgan bo'lardim"

Coca Cola Superligasining 23-turidan o'rin "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Barchani uzoq kutilgan g'alabani bilan tabriklayman. Farg'ona viloyatida kecha boshlangan o'zbek futbolining 110 yillik bayrami bugun yakunlandi. Futbol faxriylari ham bu erga tashrif buyurishdi. Bugungi g'alaba ham ushbu bayramga to'g'ri keldi. Ushbu g'alabani Qo'qon ahliga va futbolimizning 110 yillik bayramiga bag'ishlayman. O'yindan avval katta yo'qotishlar bor edi. Lekin yigitlar iroda namoyish etishdi. O'yin 1:1 hisobida davom etayotgan paytda, kim gol ursa, o'sha g'alabani qo'lga kiritardi, "So'g'diyona" ham yutib ketishi mumkin edi, lekin omad bizga kulib boqdi. So'nggi daqiqada kiritilgan to'p evaziga g'alabaga erishdik. Bizga ishonch bildirgan klub rahbariyati, muxlislar, umuman, barcha-barchaga ushbu g'alabani bag'ishlayman. "So'g'diyona" jamoasiga kelgusi o'yinlarda omad tilayman. Ikki jamoa ham bir xil vaziyatda edik. CHunki raqibdan ham mag'lubiyatlardan keyin bizdagi kabi tushkunlik kayfiyati bor edi. Bizda jarohat olgan futbolchilar ko'p edi, ularning bazilarini maydonga tashlashga majbur bo'ldik. O'yin davomida xatolar kuzatildi. Biroq g'alabadan so'ng barchasi unutiladi. O'yin muxlislarimizga yoqdi deb o'ylayman. 

— Hujumchi Norbekov jarohat olgach, uning o'rniga poziciyadoshi emas, himoyachini tushirganingizni qanday izohlaysiz?

— Hisobdan kelib chiqqan holda o'zgarishni amalga oshirdik. Taktik o'zgarish deyish mumkin. Hasanov, Norbekov kabi futbolchilar bugun isitma bilan maydonga chiqib, jamoa g'alabasiga hissa qo'shdi. Ularni faqat olqishlash kerak. Yuqorida takidlaganimdek, yo'qotishlar bizga katta tasir o'tkazayotgandi. O'ylashimcha, g'alabadan so'ng yigitlarda ishonch paydo bo'lmoqda. Almashtirishni to'g'ri deb hisoblasak bo'ladi, chunki g'alaba qozondik. "So'g'diyona" yomon o'yin ko'rsatmadi. Ular qarshi hujumlar tashkil qilishga urinishdi. Ikkala jamoa ham teng vaziyatlar yaratdi. Norxonov gol urganda, yutqazishimiz mumkin edi. Uchrashuv oxirida g'alabani "ilib ketdik". 

— "Qo'qon-1912" hozirgi o'rnida mavsumni yakunlasa, pley-offda ishtirok etadi. Jamoa ushbu bosqichda qaerda o'ynash qulay?

— Hozir bu haqda fikr bildirishga ojizman. Faqat oldinga qo'yilgan maqsad sari intilamiz. Qolgani Allohdan. Biz g'alabani uzoq kutgandik. Hozir raqib tanlaydigan holatda emasmiz. 

— Siddiqov va Yosovichning holati qanday?

— Yosovich mavsum oxiriga qadar bizga yordam bera olmaydi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda Siddiqovning jarohat olishiga men aybdorman. Uni birinchi bo'limdan so'ng almashtirishim kerak edi, chunki u jarohatini yangilab olgandi. Uning holatini bila turib, maydonga chiqarganim xatoim bo'lsa kerak, deb o'ylayman. O'ylaymanki, Javohir kelgusi o'yinlarda bizga yordam beradi. Uning holati yaxshi tarafga o'zgargan. Javohirni har bir klub o'z tarkibida ko'rishni xohlaydi. Qolaversa, Rahmatullaevning isitmasi bor, shu bois u o'yinga ham kela olmadi. Sanasak, 6-7 futbolchida jarohat bor. Sardor Etovqo'ziev bugun debyutini o'tkazdi. Yoshlarga ishonch berish kerak. Toshmirzaevni borasida ham majburiy o'zgarish amalga oshirdik. CHunki Hasanov isitmasi yuqoriligi sababli zaxiraga olindi. Lekin bu o'zgarish o'z samarasini berdi. Xatolar kuzatildi, biroq o'z vaqtida bartaraf etildi. SHundan xursandman. Bugun eng yaxshi o'yinchi sifatida darvozabonimizni aytgan bo'lardim. Aslida g'alaba uchun barchani etirof etish mumkin. Biroq ajratib ko'rsatadigan bo'lsak, Abdullaev, Xolmuhammedov va Rustamovni ajratib ko'rsatish mumkin. Gol urgan o'yinchi esa — qahramon. Uni barchadan yuqori qo'yish mumkindir.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика