So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Davron Fayziev blogi: “Mutaxassis chaqir” Yangiliklar

Davron Fayziev blogi: “Mutaxassis chaqir”

Teglar :  Davron Fayziev
2010 yil. O'zim uchun ikkinchi uydek bo'lib qolgan, TV olamiga yo'l ochib bergan Yoshlar telekanalidan ketayotgandim.

Bir kun bunday qarorga kelishimni hech tasavvur qilmaganman. CHunki, Yoshlar va u erda men bilan ishlaganlarni o'zimga juda yaqin ko'rardim. Ammo bir insonning taklifiga rad javob bera olmasdim. Bu o'sha vaqtlardagi Sport telekanali direktori.

- Yordaming kerak. Kanalni kuchaytirishimiz kerak. Yangi kuchlar kerak. Yo'q dema...

Yo'q deya olmadim. Direktor va xodimlarning faolligi evaziga kanalda ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Yangi dasturlar, translyaciyalar bo'yicha ishlar olib borildi.
Bir g'oya borasida bosh qotira boshlagandim. Har qaysi davrada futboldan gap ochilsa, bu qizg'in munozarani keltirib chiqaradi. Bazida bahs shu qadar qizib ketadiki,  bahslashayotganlarning asablari taranglashadi. Ayniqsa qarama-qarshi klublarga muxlislik qiladiganlarning munozarasini kuzatishning o'zi bir o'zgacha manzara. Bu xolatni dunyoning ko'plab futbol kanallari allaqachon ekranga olib chiqishgan. Bizda esa sport sharhlovchilari ofisda dahshatli qizg'in suhbatlar o'tkazishardi. Biroq, efir orqali tomoshabin faqat alohida ko'rsatuvlarda ularning yakka chiqishlariga guvoh bo'lardi. SHuncha diskussiya efir tashqarisida qolib ketardi. SHu holatni efirga olib chiqishni maqsad qildim. CHunki futboldagi hafta voqealari borasidagi sharhlovchilarning o'zaro bahsi tomoshabin uchun qiziqarli deb bildim. G'oyani direktorga olib kirdim.

- Agar ruxsat bersangiz, bu dasturda asosan bahs bo'ladi, fikrlar qarama-qarshiligi, bazida esa asabiy holatlar ham ro'y beradi.

- Ishqilib bir-biring bilan mushtlashib ketmaysanlarmi? (kulib)

- U darajaga bormas, lekin, mikrofonlar echib, tashlab chiqib ketilishi mumkin.

- Imkon qadar baribir efir madaniyati, o'zaro hurmatni saqlagan holda qilsa bo'ladi. Oshirib yubormasdan. G'oya yomonmas. Nima bilan boyitasan? Faqat gap bilan zerikarli bo'lmaydimi?


- Har bir muhim voqeaga roliklar. Grafika yordamida ramziy terma jamoalar, uchta chiroyli gol orasida eng zo'rini studiyadagilar yordamida aniqlash. Va eng asosiysi, bo'lajak o'yinlar oldidan prevyu hamda ko'chada muxlislardan kichik intervyular, ularda o'yin oldi taxminlar. Faqat, yo'q demasangiz hammasini jonli efirda qilmokchiman...

- Oxo, boshlanishiga balki yozib olarmiz. Efir vakti katta, studiyada ishtirokchilar ko'p...

- Yuq, dasturning fishkasi ham shunda: hammasi jonli efirda! Orada bo'ladigan noqulay holatlar ham shu g'oyaning bir qismi. Ishtirokchilar professional sharhlovchi. Hammasi yaxshi
o'tadi. Agar biror xato o'tsa, mayli, keyin o'zgartirishingiz mumkin.

- Xop. Mening ham bir shartim bor: faqatgina sharhlovchilar bo'lib qolmasin. Mutaxassis chaqir. Murabbiylar, futbolchilar.

- Bilasizku, mutaxassislarimizning ko'pchiligi efirga chiqishdan o'zini olib qochadi. Biroz muammo bo'lishi mumkin.

- Muammo bo'lsa, hal qilasizlar. Mening taklifim shu. Mutaxassis chaqir.

SHu tariqa Turdan turgacha dasturi efirga chiqa boshladi. Datslab uni hamkasblarim Zafar Imomxo'jaev va Dilshodbek To'xtabekovlar bilan birga olib bordik. Keyinchalik bir o'zim va taklif etilgan sharhlovchilar bilan birga. Tomoshabinlar orasida turli munosabat kelib chiqdi. Iliq fikrlar ham, tanqidlar ham bo'ldi, albatta. Asosli tanqidlarni inobatga olib dasturni boyitib bordik. Telekanalimiz sharhlovchilarini asosan kadr ortida eshitgan tomoshabin bu dastur orqali ularning jonli efirdagi fikr-mulohazalarini ko'rib, kuzatib bordi.

Faqat bir narsa doimo qiyinchilik keltirib chiqarardi. Har safar efirga mutaxassis chaqirish. Bazida biror murabbiy yoki futbolchi efirda ishtirok etmaslik bahonalariga xayron qolardim: - “Evropa futboliyam gapiriladimi? Men o'yinlarni ko'rmayman umuman”, yoki bo'lmasa “O'zbek futbolini gapirmaymizmi ishqilib? Qo'ying, bazilarning ko'ziga ko'rinmay turay”.

Lekin, tan olish kerak, mutaxassislar va futbolchilar orasida bir guruh fidoiylari bor. Ular muxlislarga o'z fikrini etkazishdan hech qachon qochishmaydi. Qachon taklif etmaylik, kelib efirlarda ishtirok etishardi. Ulardan alohida minnatdorman.
Afsuski, har ko'rsatuvda mehmon chaqira olmasdik. SHunday vaziyatlar bo'lardiki, hech kimning vaqti yo'q. SHunda direktordan shu safar o'zimiz o'tkazib qo'ya qolaylik, deb so'rardim. Javob o'sha–o'sha: -  Mutaxassis chaqir.   

Oradan ancha vaqt o'tdi. Dasturni yopdim. Direktor salomatligi yomonlashgani sababli rahbarlikdan sharhlovchilikka o'tdi. 2014 yilgi Jahon chempionatini sharhlab bordik. Musobaqa ajoyib tarzda o'tdi. Tugagach, barchamiz uchun ustoz sharhlovchi bo'lgan sobiq direktor mundial yakunlari haqida dastur tayyorlash niyatini bildirdilar.

- Davron, xafta davomida vaqting bormi? Mundial yakunlari dasturini tayyorlamoqchiman. Har sonida bitta guruh o'yinlarini taxlil qilamiz. Men boshlovchilik qilaman, sen esa mehmon.


- Qandoq bo'larkin, balki biron murabbiyni chaqirarmiz. Siz olib borgan dasturda men mehmon bo'lib o'tirishim noqulayroq...

- Jahon chempionatini boshidan oxirigacha sharhlab bording, taxlil qila olasan. O'zimiz ham qiziqarli qilib bera olarmiz. Mutaxassis chaqirib o'tiramanmi, o'zing kelaver. Hammasi tayyor. Birinchi efir ertaga. A guruhi hakida gaplashamiz. Bir soatcha oldin kelgin. Kech qolmagin-a, oxirgi payt sal bemalolxo'ja bo'lib qolibsan (kulib).

Xayron qoldim. SHu kungacha barcha efirlarimga mutaxassis chaqirishimni aytardilar... Men murabbiy qidirib yurardim. O'zlari esa tinchgina meni chaqirib qo'ya qoldilar.
Efir kuni kelishganimizdek bir soat avval studiyaga kirdim va ularni kuta boshladim. Odatda kech qolmasdilar. Efirga yarim soat qoldi. Qung'iroq qildim. O'chirilgan. Rejissyor xavotirlana boshladi. Ijodiy guruhni tinchlantirdim. Oxirigacha kutamiz. Juda bo'lmaganda bir uzim boshlovchi sifatida olib boraman, dedim. Bir kun avval hammasini tushunib olgandim.
SHunday ham bo'ldi. Efirni olib bordim. Jahon chempionatining A guruhi o'yinlarini birma-bir tahlil etdim. Dasturni oxiriga etkazdik. SHundan so'ng malum bo'ldiki ustoz sharhlovchi og'ir ahvolda ekanlar. Yana bir kun o'tgach vafot etdilar...

Inson o'z hayoti poyoniga etayotganini turli belgilar orqali sezishi va sezdirishi hakida ko'p eshitganmiz. Oxirgi suhbatimizda meni xayron qoldirgan narsaning sababini tushundim. Tasavvur qiling, agar ular o'sha efirga meni emas biror bir mutaxassisni taklif etganlarida qanday vaziyat ro'y berardi. Dasturda uzilish ro'y berardi, ko'rsatuvgacha bo'lgan harakatlar yo'qqa chiqardi. Ammo hayotini shu soxaga bag'ishlagan inson bunga yo'l qo'ya olmasdi.

Bu ular bilan bog'liq bir kichik voqea, halos, bunday ibratli holatlarni ko'plab eslashimiz mumkin. Va albatta yana ko'p eslaymiz. O'ylaymanki... Yo'q, aniq bilamanki, bu insonning kimligini tushundingiz.

Davron Fayziev

Ustoz Davlat Turdialiev hotirasiga bag'ishlanadi


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика