So’nggi yangiliklar

23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  6 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  8

Davron Fayziev: Biz taslim bo'lmay, oxirigacha kurashamiz Yangiliklar

Davron Fayziev: Biz taslim bo'lmay, oxirigacha kurashamiz

Dinamo - Orol (2:0) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev o'yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

- Avvalambor, Pro-Ligadagi dastlabki g'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Ko'rganingizdek, bugungi g'alaba oson emas, ancha asabiy ruhda qo'lga kiritildi. Asabiy deganimga sabab, vaziyatlardan foydalanish bobida ko'p imkoniyatlarni ko'kka sovurayapmiz. Juda asabiylashayotganim sababi, futbolchilarimiz o'z mehnatlari qadriga etmay, shuncha vaziyatlardan boy berishmoqda. Vaqt esa o'tmoqda, bizni og'ir o'yinlar kutayapti. Bugun nimaning ustidan ishlashimiz lozimligi yana ko'rindi. Asosiysi g'alabaga erishdik, yigitlarga rahmat, umid qilamanki, omadsizlik ortda qolib, bu muvaffaqiyatlari o'yinlarimizning boshlanishi bo'lib xizmati qiladi.

- Oldinda “Dinamo”ni “Qizilqum”ga qarshi muhim kubok uchrashuvi kutib turibdi. Bugun Mirkomil Lokaev, qolaversa yana qator himoyachilar jarohat olganligini inobatga olsak, bu vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?

- Afsuski, tarkib borasida muammolarimiz bor. Aytganingizdek, ayniqsa himoya chizig'i boshog'riq bo'lib turibdi. Umid qilamanki, Lokaevning jarohati jiddiy bo'lib chiqmaydi. Bunyod Isroilov ham “Qizilqum”ga qarshi o'yingacha shay holatda bo'lishi kerak. Qolgan futbolchilarimizning ham o'sha o'yinga qadar bo'lgan holatiga katta etibor beramiz. “Qizilqum” Superliga so'nggi turida amaldagi chempion “Lokomotiv”ni safarda mag'lub etishiga sal qoldi. Bu o'yinda jamoaning kuchi yaqqol ko'rindi. Raqib kuchli futbolchilar, yaxshi legionerlarga ega bo'lsada, “Dinamo” osonlik bilan taslim bo'ladigan jamoa emas. Muxlislarimiz bizning 12-o'yinchimizdek qo'llab-quvvatlashsa, biz har qanday holatda ham g'alaba uchun kurashamiz.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика