So’nggi yangiliklar

12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  3 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  3 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  2 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  9 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  9 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  68 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  2 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   2

Davron Fayziev: "Avvallari har bir jamoada yulduz hujumchilar bo'lardi..." Yangiliklar

Davron Fayziev: "Avvallari har bir jamoada yulduz hujumchilar bo'lardi..."

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev chempionatimizdagi og'riqli nuqta - hujumchilar muammosi haqida to'xtalib o'tdi.


- Oliy ligada hozir avvalgidek yulduz hujumchilar yo'q. Men o'ynagan paytda chempionatimizdagi barcha jamoalarda yulduz maqomidagi hujumchilar bo'lardi. "Paxtakor"dan SHkvirin, "Neftchi"da Bozorov, Do'rmonov, "Navbahor"da SHackix, Vennikov, "Andijon"da Hamidullaev, Bahodir Rahmonov, Jizzaxdan Eraliev, Samarqandda Jabborov, "Nasaf"da Zafar Xolmurodov singari yulduz hujumchilar porlab chiqishgan edi. Hozirgi kunda esa bu kabi yulduzlar sanoqli.
"Lokomotiv"da Temurxo'ja Abduxoliqovni ko'rsatish mumkin. "Bunyodkor"da Eldor SHomurodov bor. Lekin ayni paytda Eldor ham hujumchi sifatida harakat qilmayapti.
Qolgan hujumchilar hammasi bir xil saviyada, deb o'ylayman. Meni nazarimda, "Nasaf"da yaxshiroq hujumchilar jamlangan.
Azamat Allaniyazov, Bobir Abduxoliqov, Ilhom SHomurodov singari futbolchilar hozirgi kunda bizning futboldagi eng yaxshi hujumchilar sanaladi.

Lekin boshqa jamoalarni olganda, 2-3 yil mobaynida muntazam 15ta gol uradigan hujumchi chiqmayapti. O'tgan yilgi mavsumdan misol, Bahriddin Vahobov qanday porlab chiqqandi? Hozir esa avvalgi samaradorlik yo'q.
Hujumchi muammosi nafaqat "So'g'diyona"da, balki boshqa ko'plab jamoalarimizda ham bu chiziq vakillari muammo bo'lib turibdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика