Davron Fayziev: "Mashal"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman"
03 avg 2014 21:58
Yangiliklar

Davron Fayziev: "Mashal"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman"
"Mashal" - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.
"Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun raqib bizni yutgani yo'q, o'zimizning xatolarimiz tufayli mag'lub bo'ldik. Dastlabki daqiqalarda gollar o'tkazib yubordik. 0:3 hisobida yutqazib turib o'yinni o'z tomonimizga og'dirish juda qiyin ish.
Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q, ular qo'llaridan kelganicha o'ynashdi. "Mashal" birinchi davrada ham yaxshi o'ynab kelayotgandi. Mag'lubiyatni ham mard bo'lib tan olish kerak. Bugun natija borasida yutqazdik, ammo o'yin borasida ulardan qolishganimiz yo'q. Haqqoniy g'alaba bilan "Mashal"ni tabriklayman.
"Dinamo"ga o'tishim haqidagi xabarlar mish-mish edi. Bugun "So'g'diyona"ni maydonga boshlab tushdim, demak haliyam shu erda ishlayapman. Rahbariyat menga to'liq ishonadi. Ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa natija ham keladi, bunga oz qoldi. Oldimizdagi maqsad oliy ligada qolish. Vaziyatga real qarasak jamoa elitada qolishga qodir.
"Oleksandr Koblash haqida gapiradigan bo'lsak, bu futbolchi "Navbahor"da ko'rikda bo'ldi. So'ngra "Andijon"da o'ynadi. U oxirgi ikki-uch kunda tibbiy ko'rikdan o'tdi, keyin transfer qog'ozi kelmadi, Toshkentga borib keldi. SHu bois bugun uni zaxiradan tushirdim", - deydi Davron Fayziev.

Fikrlar