Davron Fayziev: “Hozir ahvolim yomon!”
24 apr 2014 14:57
Yangiliklar
Davron Fayziev: “Hozir ahvolim yomon!”
Jizzaxning “So'g'diyona” klubi uchun mavsum muvaffaqiyatsiz boshlandi. Beshta turdan so'ng to'rtta mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan holda oxirgi o'rinni egallab turibdi.
Qaysidir manoda, bu jamoaning mavsumni ko'ngildagidek boshlay olmasligi oldindan kutilgandek, go'yo. CHunki qishki tayyorgarlik mobaynida o'quv-mashg'ulot yig'inlari puxta olib borilmadi. Tarkib esa etarli darajadagi o'yinchilar bilan kuchaytirilmadi. Negaki, o'tgan yilgi tarkibdan ko'plab o'yinchilar “So'g'diyona”ni tark etishdi. Davron Fayziev esa ularning o'rnini munosib o'yinchilar bilan to'ldira olmadi. SHu bois ixtiyoridagi mavjud yigitlar bilan mavsumga kirishishga majbur bo'ldi. SHuning uchun bosh murabbiyga qiyin bo'lmoqda. U bilan bog'lanib hol-ahvol so'raganimizda, darhol “ahvolim yomon” deya javob berdi. Uning nega bunday deganligini tushunib turgandim va ko'nglini ko'tarishga harakat qildim. Lekin murabbiyning tushkun kayfiyatda ekanligini bilish qiyin emasdi.
- Vaziyat yaxshi bo'lishi uchun hamma bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi kerak, deb gap boshladi Fayziev. – Murabbiyni har tomonlama qo'llab-quvvatlab ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilish kerak. Lekin muvaffaqiyatsizlikda doim murabbiy aybdor. Hamma o'z xatosini mardlarcha tan olib ishlasa nimagadir erishish mumkin. Jamoani va murabbiylarni ayblayverish yaxshi emas. Biz qo'limizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Sizga klubning ichki va tashqi muammolarini ayib bera olmayman. Balki o'rnimga boshqa murabbiy kelsa yaxshi tomonga o'zgarish bo'lar! Lekin boya aytgan gapingizga qo'shilaman, qachondir jamoaning ishi yaxshilanadi. Axir oxirigacha bunday davom etmaydi-ku! Qachonki, etarli darajada etibor berilmasagina natija salbiy bo'ladi. Muammolarimizdan biri o'z stadionimiz yo'qligidir. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi deyishadi. Lekin muvaffaqiyatsizlikka stadionni ro'kach qilish ham noto'g'ri. Zomindagi stadion maydonining sifati yaxshi emas. O'zimiz xohlagan o'yinni ko'rsata olmayapmiz. SHuning uchun xatolar ko'p bo'lyapti. Buning tasiri o'yindan – o'yinga o'tib boryapti. Baribir hozirgi suhbatda ko'p narsani sizga aytib bera olmayman. Balki vaqti soati kelib hammasi ochiq-oydin namoyon bo'lar. Lekin hozirgi vaziyat qachongacha davom etishini o'zim ham bilmayman.
- Aslida rahbariyat bilan o'rtangizda nima bo'lyapti?
- SHu sababli hozir nimadir deb ayta olmayman deyapmanda. Hamma qo'lidan kelganicha harakat qilyapti. Xohlaymizmi-yo'qmi, hammasi mablag'ga borib taqaladi. O'tgan yili oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolgandik. Ammo tarkibimizda jiddiy yo'qotishlar bo'ldi. Ularning o'rnini esa to'ldira olmadik. Oliy liga jamoalaridan yaxshi futbolchilarni taklif qildik deb maqtana olmaymiz. Hamma klublar selekciya borasida iloji boricha faol bo'lishga harakat qilishadi. Ammo bizda bu borada muammolar bo'lishini bilardim. Hamma narsa yig'ilib oxirida mana shunday tasir qilishini ham sezgandim. Bu vaziyatdan chiqib ketmagunimizgacha sizga nimadir deb aytib bera olmasam kerak.
- O'tgan yili qiyin vaziyatda bo'lsada, “So'g'diyona”ning mavsumni 11-o'rinda yakunlashiga katta hissa qo'shgansiz. O'shanda kelasi yili yanada yaxshiroq bo'lishi haqida qatiy ishonch bilan aytgandingiz. Lekin hozir buning aksi bo'lmoqda.
- Bu savol bilan boyagi mavzuni ko'tarish uchun u tomonlama, bu tomonlama aylantirib kelyapsiz. To'g'risini aytsam, sizga ayta olmayotgan gaplarim juda ko'p, ichimdagi dardim bisyor. Balki yaqin kunlarda hammasini ochiq gaplashish imkoniyati bo'lib qolar!
- Nima uchun ichingizdagi gaplarni ayta olmayapsiz?
- Meni to'g'ri tushuning, hozir ayta olmayman. Hozirgi vaziyatimiz jiddiy. Lekin shuni aniq ayta olamanki, jamoamiz va murabbiylar shtabi yaxshi natija ko'rsatishga qodirmiz, aniqrog'i qodir edik. Bizga ko'p narsalarni tasiri bo'lmoqda. Balki bu Xudoning bizga bo'lgan sinovidir. Bilaman, natijaga baribir bosh murabbiy javob beradi. Siz bilan tez orada yana gaplashishimiz ham mumkin.
- Bunday jiddiy vaziyatda “Navbahor”ga qarshi qanday tayyorgarlik ko'ryapsizlar?
- Jamoamiz qarorgohida yaxshimi-yomonmi bittagina maydonimiz bor va o'sha erda shug'ullanyapmiz. G'alaba qozonamiz degan umidiz bor va bu umidimiz so'ngani yo'q. Raqib bilan o'ynasa hamda vaziyatni o'nglasa bo'ladi. Yuqorida takidlaganimdek, barcha faqat bir oyoqadan bosh chiqarib o'ynashi kerak. Boshqa jamoalarga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak, “Navbahor” bilan ham shunday hozirlik ko'ryapmiz. Bo'lajak o'yinga Toshkentda tayyorgarlik ko'rish uchun mablag'imiz etarli emas. Rejamiz bo'yicha 25 aprel ertalab yo'lga chiqmoqchimiz. Agar hammasi ko'ngildagidek bo'lsa, 24 aprel kuni ertalab mashg'ulot o'tkazib tushlikdan keyin yo'lga chiqishimiz ham mumkin.
- Hozirgi qiyin sharoitda vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishiga ishonyapsizmi?
- Meni yana qiynayapsiz-da! Keling, shu mavzuni to'xtataylik.
- Hech bo'lmaganda, futbolchilarga oylik maoshlari berilyaptimi?
- Yana shu mavzuga to'xtalyapmiz, buni ochiq qoldiraylik. Lekin bilaman hayot shunday iborat. Asta-sekin berishyapti. To'laymiz deb vada berishgan.
- Murabbiy sifatida faoliyatingizning og'ir damlarini o'tkazyapsiz. Bunday holatga oldindan tayyormidingiz?
- Bunga qanchalik tayyor yoki tayyor emasligimni bilmayman. O'tgan yili jamoamizda hammasi yaxshi bo'lgandi deb maqtana olmayman. Ammo hozir yaxshi deb ham ayta olmayman. Natija bo'lmayaptimi, demak murabbiy ishni yaxshi bajara olmayapti. Maydonga chiqdingmi, qolgan barcha muammolarni unutib natija uchun kurashishga majburmiz. Bo'lmasa o'ynamaslik va ishlamaslik kerak. SHahrimizda bunyodkorlik ishlari olib borilyapti. SHuni aniq bilamanki, Jizzaxda futbol bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Lekin ikki yillik mehnatimiz havoga uchib ketishi meni ko'proq havotirga solyapti. Nima bo'lganda ham hayot davom etadi.
- Yangi stadion qachon foydalanishga topshiriladi?
- Yangi stadionni 1 sentyabrga topshirish vada qilingan. Boya aytganimdek, shaharda katta qurilish ishlari olib borilyapti.
FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Fikrlar