So’nggi yangiliklar

15:41Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  0 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  1 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  0 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  0 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  0 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  2 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  2 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13

Davron Fayziev: Hamma xato qiladi hakamlar ham, o'yinchilar ham Yangiliklar

Davron Fayziev: Hamma xato qiladi hakamlar ham, o'yinchilar ham

Buxoro - So'g'diyona uchrashuvidan keyin tashkillashtirilgan matbuot anjumanida dastlab Davron Fayziev ishtirok etdi.
- Hamma guvohi bo'ldi: o'yin qiziqarli o'tdi. Kurashlarga boy bo'ldi. Lekin mazmunli o'yin ko'rsatib yakunda yutkazish bu juda alamli. Buxoro jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Yana qaytarib aytaman: jamoam ko'rsatayotgan o'yinidan, harakatidan uyalmayman. SHu kungacha nechta o'yin o'tkazgan bo'lsak, hali bironta jamoa bizdan o'yin borasida bir kalla ustunlik qilgani yo'q. Faqat bizning ichki vaziyatimiz ko'proq halal bermoqda. Egallab turgan o'rnimiz ko'rsatayotgan o'yinimizga mos emas. SHu uchun biz kurashni oxirigacha davom ettiramiz. Bu degani So'g'diyona jamoasi oliy liga bilan xayrlashdi degani emas. Jamoani oliy ligada olib qolishga harakat qilamiz.

- Ikkinchi gol haqida fikringiz?
- Ikkinchi gol haqida nima ham deyishim mumkin. Hamma ko'rdi. Hamma xato qiladi hakamlar ham, o'yinchilar ham. Golni hisoblashdimi, demak qoida buzilmagan.

- Ulug'bek Baqoevning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Ulug'bek Buxoro jamoasi uchun katta yutuq bo'ldi. Bugungi o'yinda o'zining faolligi, jamoani o'z ortidan boshqarishi bilan ajralib turdi. Baqoev haqida har kim har xil fikr bildirishadi. Lekin mutaxassislar uning jamoani ahilligini yaxshilashda, jamoani yig'ishda o'z o'rni borligini bilishadi. Agar bugun Baqoev bo'lmaganida jamoada jipslik bo'lmasdi.

- Davralar oralig'ida Sizga boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lgandi, murabbiylik faoliyatingizni o'sha klublarda ham davom ettirsangiz bo'lmasmidi?

- Faoliyatimni So'g'diyonadavom ettirishimning birinchi sababi, meni futbol olamida tanilishimda shu jamoaning o'rni katta. CHunki men futbolchilik faoliyatimni aynan So'g'diyona jamoasida boshlaganman. O'sha vaqtlarda ham qiyinchilik davrlariga to'g'ri kelgan. Yaxshi takliflar bo'lishiga qaramay jamoani tashlab ketmaganman. Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng jamoani menga ishonib topshirishdi va 2012 yildan beri ishlab kelayapman. Uchinchi yil murabbiylik faoliyatimni davom ettirayotgan bo'lsam hali bironta o'yinni o'z stadionimizda o'tkazmadik. Zomin bizning viloyatimizdagi tuman, shahardan 70 kilometr uzoqlikda. Yuqoridagi savolingizga qaytsam. Meni tanlaganim So'g'diyona jamoasi. Jamoani yarim yo'lda tashlab ketishni xohlamadim. Boshqa hech qanday sabablar yo'q. Jamoadagi yigitlar bilan uchinchi yil birgalikda ishlashni davom ettirayapmiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика