Davron Fayziev: “Elitada qolishimiz bu – baxtli voqea bo'ldi”
19 noy 2014 07:47
Yangiliklar

Davron Fayziev: “Elitada qolishimiz bu – baxtli voqea bo'ldi”
“Andijon”ning oliy ligada qolishi aniq bo'lgach, tabiiyki undan bir pog'ona yuqori bo'lgan “So'g'diyona”ni ham kuchlilar safida o'z o'rnini saqlab qolgani malum bo'ldi.
Darhaqiqat, kelasi yil oliy ligada 16ta jamoa bo'lgani ayniqsa, jamoalar soni ortgani jizzaxlik va andijonlik ishqibozlarni behad quvontirib yubordi. “So'g'diyona” ustozi Davron Fayziev bilan bog'langanimizda, tabiiyki xursand edi.
- Davron aka, jamoangizni oliy ligada qolgani bilan tabriklasam bo'ladimi?
- (Kulib) To'g'risi bu – lotoreya edi. Unda yutuq chiqdi. Albatta bu xushxabarni eshitganimdan keyin xursand bo'ldim. Telefonim tinmayapti. Muxlislar va futbolga aloqador insonlar ko'ng'iroq qilib tabriklashmoqda. Men ham o'z navbatida fursatdan foydalanib, O'FF rahbari Mirabror Zufarovichga shaxsan o'zimni qolaversa Jizzax axli nomidan kata rahmat aytib qolaman. Bunday imkoniyat har doim ham berilavermaydi. SHunday ekan, yo'l qo'yilgan xatolarimizni kelgusida boshqa takrorlamaslikka intilamiz.
- “So'g'diyona”ni oliy ligada qolishiga qanchalik ishongandingiz?
- Jamoa rasmiy ravishda birinchi ligaga tushib ketganidan so'ng, bunday juda afsus chekdim. Kelasi yil yangi stadionda quyi ligada ishtirok etishni tasavvur qilsam, xunobim oshardi. To'g'risi bu yil ayrim o'zimizning yo'l qo'ygan xatolarimiz va raqiblarimizni Zomindagi stadionda qabul qilganimiz evaziga autsayderlar qatoriga tushib qoldik. Jamoamni qanday bo'lmasin kuchlilar safida olib qolish uchun bor kuch va mahoratimni ishga soldim. Jamoalar soni 16ta bo'ladi degan gaplar tarqalganidan keyin rosti bunga qandaydir miqdorda umid bor edi.
- Endi rejalarga ham o'zgartirish kiritilsa kerak?
- To'g'risi aytsam, futbolchilarga tatil berilganidan keyin kelgusi yil haqida rejalar ishlab chiqmagandik. Rahbariyat bilan 1 dekabr kuni uchrashib, shunda maqsad va vazifalar hususida suhbatlashib olamiz. Jamoani kelgusi mavsum qaysi murabbiy boshqarishidan qatiy nazar, chin dildan aytyapman, “So'g'diyona”ni oliy ligada qolganidan xursandman!
- Aftidan jamoada qolishingiz noaniqdek?
- Aytdim-ku, rahbariyat bilan uchrashganimizdan keyingina aniq gap aytishim mumkin. Hamma narsa bo'lishi mumkin.
- O'zaro kelishuvingiz qanday edi?
- SHartnoma tuzayotganimizda 3 yilga imzo chekkanman. Dastlabki yil vazifa klubni elitaga olib chiqish, 2013 yili esa oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolish va bu yil ham shu vazifa qo'yilgandi. “So'g'diyona”dagi uch yillik faoliyatim mobaynida ikki mavsum oldimizga qo'yilgan vazifani bajardim. Tabiiyki bu yillar davomida murabbiy sifatida katta tajriba orttirdim. Endi kelasi yil boshqaruv postida kim bo'lishini rahbarlar hal qiladi.
- Oldingizda boshqa variantlar ham bormi?
- Ha, takliflar yo'q emas. Lekin ochig'ini aytganda, menga yordamchi murabbiy bo'lib ishlaganda ko'ra, bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan maqul ko'rinmoqda. Yana kim biladi deysiz.
- Agarda “So'g'diyona” rahbariyati sizga ishonch bildirishda davom etsa, muxlislarga nima vada qilgan bo'lardingiz?
- Meni xursand qilayotgan yana bir jihati shuki, kelasi yil jamoa raqiblarini Jizzax shahrida qabul qiladi. Ishoning bu yil Zomindagi maydonda juda qiynaldik. Tabiiyki kelgusi mavsum muxlislarimizning ham stadionga tashrifi ortadi. Men bunga ishonaman. Ularga nimanidir vada qilmayman. Lekin har bir o'yinda jiddiy kurashimizni aytishim mumkin.
- Jamoa 2015 yili hech bo'lmasa 5-6-o'rinlar uchun kurashishi mumkinmi?
- Agarda tarkibimizni saqlab qolsak, bemalol aytishim mumkinki, biz 5-6-o'rinlardan birini band eta olamiz. Biroq mavsum yakunlanishi bilan futbolchilarimizga “sovchilar” ko'payib ketgan. Ularni ushlab qolish chorasini ko'rish lozim.
- Asosiy tarkib azolari bilan o'rtadagi bitim tugab borayotgandir?
- SHunday. Etakchi o'yinchilarimizga takliflar bo'lmoqda. Ko'ramiz ular endi boshqa jamoaga o'tish fikridan qaytib qolishar.
- Legionerlar uyiga ketayotganida qanday to'xtamga kelingandi?
- Melenchuk va Koblashga ham yurtimizdagi boshqa klublardan chorlov bo'lgan. Futbolchilar bilan hisob-kitob to'liq qilinmagan. Agarda rahbariyat buni tezroq amalga oshirsa, shunda o'yinchilarga jamoada qolish taklifi bilan chiqamiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar