Davron Fayziev: "Bugun deyarli 4 nafar hujumchi bilan o'ynadik"
02 may 2015 19:33
Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bugun deyarli 4 nafar hujumchi bilan o'ynadik"
"So'g'diyona" - "Mashal" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Barcha muxlislarni, rahbariyatni tabriklayman. Dastlabki g'alabani qo'lga kiritish juda qiyin bo'ldi. "Mashal" chaqilmas yong'oq ekanini barcha biladi. Bugun faqat g'alaba uchun o'ynashimizni yigitlarga takidlagandim. Zomin ham o'z uyimiz ekanini his qildik. Bizni muxlislar qo'llab quvvatlab turdi, bu jamoani olg'a boshladi. SHu bois barchani g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Fayziev.
"Raqib jamoaga bosim o'tkazdik, buning oqibatida himoyachilar xato qilishdi. G'alaba qozonganlarni muhokama qilishmaydi".
"Bunyodkor"ga qarshi o'yinda o'zimiz uchun kerakli natijaga erishish uchun kurashamiz. Barchasi maydonda hal bo'ladi".
"Bugun Muqim Toshmatov bu mavsumda ilk bor maydonga tushdi. U o'z o'yini bilan barchani lol qoldirdi".
"Uchrashuvni 3ta hujumchi bilan boshlashimizga sabab ko'proq hujum qilishni istadik. Xattoki to'rtta hujumchi bo'ldi. Toshmatov ham hujumda o'ynadi, Hakimov, Rajabov va Abdurahmonov oldinda harakat qilishdi. Rejamiz amalga oshdi. Hozirgi zamonaviy futbolda 11 kishi hujumda, 11 kishi himoyada o'ynaydi".

Fikrlar