So’nggi yangiliklar

10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  2 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  1 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  3 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  7 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  20 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2

Davron Anvarov: "Qizilqum" hali o'z so'zini aytishiga ishonaman" Yangiliklar

Davron Anvarov: "Qizilqum" hali o'z so'zini aytishiga ishonaman"

Teglar :  Davron Anvarov
Bu mavsumda "Qizilqum" safida jarohatlar sabab bir nechta uchrashuvlarni o'tkazib yuborayotgan Davron Anvarov ayni paytdagi holati va jamoasining muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida fikrlarini bildirdi.

- Davron Anvarov joriy mavsumda nega maydonda ko'p ko'rinish bermayapti?
- Etibor uchun rahmat. Ushbu mavsumga keladigan bo'lsak, menda jarohat bor. Superliganing ilk turlarida ko'plab jarohatlar olganim boim o'z formamni tiklashim qiyin kechmoqda. Qolgan uchrashuvlarda jamoamga maksimal darajada yordam berishga bor kuchim bilan harakat qilaman.

- Nega o'sib borayotgan “Olimpik” jamoasidagi faoliyatingizni tugatib, “Qizilqum”ni tanladingiz?

- O'tgan mavsumda “Qizilqum” jamoasida qanday tarkib maydonda to'p tepganini bilasiz. Men ham ushbu jamoaga va kuchli futbolchilar orasiga tajriba olish maqsadida kelgan edim. Qolaversa bunday tarkibda men o'z o'rnimga ega bo'lmoqchi edim. Albatta qisman bu maqsadlarimga erishdim, deb ayta olaman.




- Yuqoridagi savolning mantiqiy davomi. Yangi mavsum oldidan “Qizilqum” jamoasida ko'plab futbolchilar ketishdi. Ammo siz qoldingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Avvalo har bir futbolchi professional bo'lishi kerak. Menda ham shunday. Yani men professionalman va ushbu jamoa bilan o'rtada tuzilgan shartnoma muddati tugamagan edi. Qolaversa jamoam yangi mavsumda tarkibni yoshartirishga va yangidan jamoa shakllantirishga etibor qaratmoqda. Bu esa menga qulay imkoniyat. Men yana ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchiman.

- “Qizilqum” jamoasining ushbu mavsumdagi omadsizliklariga o'z fikringizni aytsangiz. Nega jamoada qizil kartochkalar ko'payib ketgan? Natijalar esa qoniqarsiz...

- To'g'ri jamoamiz natijalariga havas qilib bo'lmaydi. Bunga sababni qisman savolingizdan topsangiz bo'ladi. Yani jamoamiz ko'plab uchrashuvlarni bir kishi kam bo'lib o'tkazishmoqda. Jamoa vakillarida toliqish alomatlari paydo bo'lmoqda. Qizil kartochkalarga kelsak, qaysidir vaziyatlarda yigitlarda vaziyatga bosiqlik bilan qarash etishmayapti va qizishib ketib qizil kartochkalarni ko'paytirib yuborishmoqda. Albatta mavsumning qolgan qismida iloji boricha yaxshi natija va g'alaba uchun maydonga tushamiz. Nasib bo'lsa, “Qizilqum” jamoasi hali o'z so'zini aytadi va o'z o'rnida bo'ladi.

- Davron sizni “Olimpik”da paytingiz turli yoshlardagi terma jamoalarda ko'rdik. Lekin “Qizilqum” jamoasiga kelganingizdan keyin esa negadir yig'inlarda ko'rinish bermayapsiz?

- Bilasizmi terma jamoada ayniqsa U-23 terma jamoasida raqobat juda kuchli. Murabbiylar esa hammani sinovdan o'tkazib ko'radi. Barcha jamoalarni kuzatib boradi. Albatta ular orasida “Qizilqum” jamoasi ham bor. Ayni vaqtda terma jamoalarda ko'rinish bermaganimning sababi aytganimdek hozirda oldingi formamga qaytish bilan ovoraman. Jarohatlarimni davolab, mashg'ulotlarga etibor berganman. Albatta tez orada U-23 terma jamoasida ko'rinish beraman.

- Davron futbolchilik faoliyatingizda o'zingiz uchun kuchli murabbiy deb kimni ayta olasiz?

- Hozirgacha ko'plab kuchli murabbiylar bilan ishladim va ulardan o'zimga tegishli narsalarni o'rgandim. Ammo professional futbolchilik faoliyatimda menga o'sishga juda katta yordam bergan murabbiy Timur Kapadze faoliyatim davomida menimcha kuchlilardan biri.

- Qiziqarli savol. “Olimpik” sizga yana jamoaga qaytish imkoniyatini berganda qaytarmidingiz?

- Albatta. Bu jamoa yuragimning bir bo'lagi bo'lib qolgan. Agarda taklif tushsa, shartnomam yakunlangan bo'lsa, o'ylab ham o'tirmasdan qaytardim.




- Sizning fikringizcha nega bizda oxirgi paytlarda futbolimizda “kichik yulduzchalar”miz o'sishga erisha olishmayapti? Ularni nega Evropa yashil maydonlarida ko'rmayapmiz?

- Bilasizmi oldinlari akademiyalarimiz rivojlanish yo'lida edi va har bir mavsumda faqatgina 2-3 nafar futbolchi porlab chiqardi. Hozir deyarli barcha jamoalar akademiyalarini va bazalarini yaxshilab ulgurdi. SHunday ekan albatta yana 2-3 yilda siz aytgan futbolchilarni ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

- Davron Anvarovning o'zi ham faoliyatini legioner sifatida davom ettirish niyati bormi? Boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lyaptimi?

- Albatta takliflar bor. Buni agentlarimiz bilishadi. Aniq taklif bo'lsa, ko'rib chiqamiz faqatgina shartnomamiz tugagandan keyin. Ha menda ham niyat bor albatta legioner bo'lib vatanimiz dovrug'ini tanitishga. Lekin buni hali vaqt ko'rsatadi.

- Davron maroqli suhbat uchun rahmat! Muxlislarga tilaklaringiz bo'lsa marhamat...

- Avvalo etibor uchun yana bir bora sizlarga rahmat. Muxlislarga esa futbolni sevishlarini, o'z jamoasini sodiq muxlisi bo'lishini so'rab qolgan bo'lardim. Albatta “Qizilqum” jamoasining g'alabalari hali oldinda va ular ana shunday g'alabalarga loyiqlar.


SHohruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика