So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  1 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  6 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Davron Abdurahmonov: "Osiyo chempionatida terma jamoa shanini himoya qilishni xohlagan edim" Yangiliklar

Davron Abdurahmonov: "Osiyo chempionatida terma jamoa shanini himoya qilishni xohlagan edim"

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi fevral oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

O'zbekiston terma jamoasiga nomzod bo'lgan "Ardus" futzalchisi Davron Abdurahmonov yanvardagi yig'inga chaqirilmadi. Ammo, futzalchi o'z ustida ishlashdan to'xtagani yo'q.

- Yanvarga qadar deyarli barcha yig'inlarda ishtirok etdingiz...
- Terma jamoaning yanvar oyidagi yig'iniga asosan Osiyo chempionatida o'ynaydigan futzalchilar chaqirildi desam to'g'riroq bo'ladi. Afsuski, men yig'inga chaqirilmadim. Terma jamoaga chaqirilmadim deb uyda dam oladigan bo'lsam Oliy liga 4-turida formada bo'lmasligim mumkin. SHuning uchun ham yugurib o'z ustimda ishlayapman.

- Klubdan yana kimlar mashg'ulot o'tkazmoqda?
- Klubdan 3 nafar o'yinchi har ikki kunda yuguryapmiz. O'zim esa uyimga yaqin stadionda har kuni yuguryapman.

- Klub murabbiyi alohida ko'rsatmalar berganmi?
- Murabbiyimiz alohida ko'rsatma berib ketgan, hozir aynan murabbiyning aytganlari asosida shug'ullanayapmiz.

- Terma jamoa yig'iniga chaqirilmaganingizni qanday qabul qildingiz?
- Terma jamoaga kimni chaqirishni murabbiy hal qiladi. Meni yig'inga chaqirishmagan ekan demak hozirgi holatim terma jamoa talabiga javob bermaydi. Lekin, Osiyo chempionatida vatanimiz shanini himoya qilishni va terma jamoaga yordam berishni juda ham istagan edim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика