Davron Abdurahmonov: "Finalda uchta gol urish ajoyib natija"
16 okt 2015 11:17
Yangiliklar


Davron Abdurahmonov: "Finalda uchta gol urish ajoyib natija"
Bu haqda xabar qilgan edik. Jamoaning "Olmaliq"qa qarshi o'tkazgan final o'yinida har uchchala golni raqib darvozasiga Davron Abdurahmonov kiritdi. SHu haqda o'yinchining fikrlari bilan qiziqdik.
- Murabbiy o'yinga qanday taktika tanlagan edi?
- Ko'proq pressingda o'ynashimizni uqtirgan edi. "Olmaliq"qa qarshi o'yin juda ham qiyin bo'lishini bilardik. O'yin qiziqarli tarzda o'tdi deya olaman, raqiblarimizda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Ammo, omad bizga kulib boqdi.
- 3 ta gol urish ajoyibdir...
- Albatta, uchta to'p kiritganimdan juda ham xursandman. Final o'yinida 3ta gol urish bu ajoyib natija. SHu o'rinda jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman.
- Ayni paytda jismoniy jihatdan mavsumga tayyormisiz?
- Jismoniy tomonlama nafaqat men. balki butun jamoa mavsumga tayyor.
Davron Abdurahmonov va darvozabon Ravshan Eliboev
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar