David Luiz o'z ramziy terma jamoasiga Ibragimovichni kiritmadi
17 fev 2015 11:16
Yangiliklar


David Luiz o'z ramziy terma jamoasiga Ibragimovichni kiritmadi
PSJ himoyachisi David Luiz o'zining ramziy terma jamoasini tuzib berdi.
Luiz tarkibga faqat o'zi bilan o'ynagan futbolchilarni kiritdi. Birgina Lionel Messi bundan mustasno.
Luizning ramziy termasi: CHex, Ivanovich, Tiyago Silva, David Luiz, Maksvell, Villian, Essen, Aymar, Di Mariya, Messi, Neymar.
Men Zlatanni jamoaga kiritmaganim sababi u bilan endi 6 oy birga o'ynadik. Messi - bu Messi, Neymar bilan bir termada anchadan buyon o'ynayapmiz - u bu jamoaga kirishga haqli. Oskar va Aspilikueta - fantastikfutbolchilar, ammo ularga ham bu erdan joy topa olmadim, - deydi Luiz.
Fikrlar