So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  20 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

David de Xea: "Valdesning jarohati menga JCH-2014 yo'lini ochishi mumkin" (Intervyu) Yangiliklar

David de Xea: "Valdesning jarohati menga JCH-2014 yo'lini ochishi mumkin" (Intervyu)

“Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea Facebook ijtimoiy tarmog'i orqali muxlislar savollariga javob berdi. Quyida ushbu muloqotning eng qiziq qismini keltiramiz.
David, Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatiga yo'l olish uchun o'z imkoniyatlaringni qaday baholaysan?

Bilasiz, Viktor Valdes jarohat oldi. Men avvalo unga tezroq sog'ayib ketishini tilayman. Hech kimga bunday ahvolga tushishni tilamayman. Ayniqsa Viktorga. Bu daxshatli holat. Biroq tushunib turibmanki, bu hodisa menga Jahon CHempionati yo'llanmasini tortiq qilishi ham mumkin. 

Bevosita maydonni o'zidan turib ko'rgan gollaring reytingida Ueyn Runining “Vest Xem” darvozasiga kiritgan golini nechanchi o'ringa qo'ygan bo'larding?



Bu – shubhasiz, men darvozadan turib tomosha qilgan gollarim ichida eng noodatiy va fantastik gollardan biridir. Bunday zarbani amalga oshirish juda qiyin. CHunki to'p havoda edi, Ueyn esa maydon markazida turgandi. Bunday masofadan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lla – aql bovar qilmaydigan ish va buning uchun katta mahorat kerak.

Nima deb o'ylaysan, ushbu mavsum yakunlariga ko'ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilarmikansan?


Bu savolga nimadir deb aniq javob bera olmayman. Buni muxlislar ovoz berish yo'li bilan hal qilishadi. To'g'risini aytganda, bu haqda ko'p ham o'ylayotganim yo'q. Men shunchaki doimo yaxshiroq o'yin namoyish etishga urunaman. Mavsumni yaxshi o'tkazish va hamma ishimni to'g'ri amalga oshirishga harakat qilaman. Bu mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatgan bir necha futbolchilar bor jamoada.

SHuningdek, mavsumning ayrim qimlarini ko'tarinki ruxda o'tkazgan yigitlar ham bor. SHundoq ekan, nomzodlar etarlicha bo'ladi bu ehtirof uchun va birini tanlash oson bo'lmaydi.



Mashg'ulotlarda qaysi futbolchiga qarshi o'ynash qiyin?


“Yunayted”da yuqori saviyali futbolchilar yig'ilgan. Ular meni ham yuqori saviyada ushlab turishadi mashg'ulotlardagi harakatlari bilan. Bu o'sishimga ham katta yordam beryapti. CHicharito mashg'ulotlar paytida juda ko'p gollar uradi. Runi ham. Lekin bu faqat mening foydamga.


Abror Qodirov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика