Darvozabon o'yin vaqtida telefondan foydalangani uchun jazolandi
27 iyu 2018 16:45
Yangiliklar
Darvozabon o'yin vaqtida telefondan foydalangani uchun jazolandi
Braziliya oliy sudi darvozabon Aderbar Santos maydonga qo'lida telefoni bilan chiqqan uchun "Atletiko Paranaense"ga jarima soldi.
Bu "Atletiko Mineyro"ga qarshi Braziliya chempionati uchrashuvida (1:2) sodir bo'ldi.
O'yin boshlanishidan avval darvozabon qo'lidan telefon bor edi va bosh hakamning xushtagidan so'nggina Santos mobil qurilmasini chiziq tashqarisiga tashladi.
Malum bo'lishicha, "Atletiko Paranaense" shu yo'l bilan avtomobil rulida telefondan foydalanish muammosiga etibor qaratishga yo'naltirilgan akciyada ishtirok etdi.
"Maydonga qo'limda telefon bilan chiqqanim uchun jazolandim, ammo rulda shu ishni qilganlar ham jarima to'lashini istayman. Bu gol o'tkazib yuborgandan jiddiyroq" - deydi darvozabon.
Fikrlar