So’nggi yangiliklar

12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  0 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  1 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  3 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  1 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  5 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  2 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  7 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  10 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  11 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2

JCH-2018. Zerikarli o'yinda hisob ochilmadi Yangiliklar

JCH-2018. Zerikarli o'yinda hisob ochilmadi

Ayni damda jahon chempionatining 3-turi doirasida Daniya - Franciya uchrashuvi o'tkazilmoqda.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

YANGILASH

O'YIN TUGADI. JCH-2018DA ILK MARTA 0:0 HISOBI QAYD ETILDI

90+2. O'zgarish. Dileyni o'rniga Lerager tushdi.

90+1. Mbappe oldinga o'tgandi. Ammo u zarba berish nuqtasiga kelganda pas berdi. Xullas gol urishni istamadi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Franciya to'p bilan ko'proq bo'lmoqda. Biroq zarbalar berishmayapti. Ikki tomon ham durangga rozi.

86. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar o'yindan norozi. Ular xushtak chalishmoqda.

84. Mbappe intilmoqda. U bir yo'la to'rt himoyachi to'sig'idan o'tmoqchi bo'lgandi. Ammo raqiblar bunga jim qarab turishgani yo'q.

82. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Fekirning zarbasini SHmeyxel qaytardi.

80. Franciyaning ham Daniyaning ham gol urgisi yo'q.

78. O'zgarish. Dembele o'rniga Mbappe tushdi.

76. Eriksen oldinga o'tgandi. Biroq himoyachilar uni to'xtatib qoldi.

75. Menimcha biz JCHning eng zerikarli o'yinini tomosha qilyapmiz.

74. Nihoyat, Mendining to'p oshirishidan keyin Jiru noaniq bo'lsa-da, boshi bilan zarba berdi.

72. Franciya pozicion hujumga o'tishga urinmoqda. Hozircha zarbalar yo'q.

70. ZARBAAAAAAAAA!!!! Fekirning zarbasi to'rning tashqi tomoniga borib tegdi. Biroz noaniq.

69. O'zgarish. Grizmann o'rniga Nabil Fekir tushirildi.

66. Daniya futbolchilarining bosimi oshmoqda. Biroq zarbadan darak yo'q.

63. Daniya futbolchilari burchak zarbasini amalga oshirdi. Ammo to'pni Mandanda urib yubordi. Qaytgan to'pdan berilgan zarba esa daniyalik futbolchiga tegib, ortga qaytib ketdi.

60. O'zgarish. Sisto o'rniga Fisher maydonga tushirildi.

58. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Eriksen yana bir bor zarba berdi. 18 metrlardan berilgan zarba biroz noaniq.

54. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Eriksenning zarbasini Mandanda ikkinchi urinishda ushlab oldi.

53. Daniyada imkoniyat. Jarima zarbasi.

50. O'zgarish. Lyuka Ernandes o'rniga Benjamen Mendi tushdi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI. BIZ HAM TANAFFUS QILIB OLAMIZ.

45+2. Grizmann o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va oldinga qarab ketdi. Ammo uni markazda Yorgensen yiqitdi. Unga sariq kartochka berildi.

45. Sidibe-Kante-Dembele kombinaciyasidan so'ng Usmon zarba berdi. Biroq to'p anchagina noaniq ketdi.

44. ZARBAAAAAAAAA!!!! Grizmann raqib jarima maydonchasi ichida to'pni to'xtatib oldi va Jiruga oshirdi. Uning zarbasiga aniqlik etishmadi. Qanot hakami offsaydni qayd etdi.

41. Dembele o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni xavodan Grizmannga oshirib bermoqchi bo'ldi. Biroq himoyachi xavfni bartaraf etdi.

40. ZARBAAAAAAAAAA!!! Grizmanning zarbasini darvozabon qaytardi.

38. O'yin yana markazga ko'chdi. Hozircha o'yin tempi biroz sust.

36. Jiru Grizmannga xavolatib pas bergandi. Ammo Antuan yiqilib tushdi.

34. Usmon Dembele 18 metrlardan zarba berdi. Biroq zarba noaniq bo'ldi.

32. Toma Lemarni raqib jarima maydonchasi yaqinida qo'pollik bilan yiqitishgandi. Ammo hakam xushtagini chalmadi.

30. Eriksen darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo Mandanda uni to'xtatdi. Xavfli vaziyat bo'lgandi.28. Burchak zarbasidan Franciya samara chiqara olmadi. Himoyachilar o'z o'rnida yaxshi harakat qilishdi.

27. Sidibening to'p uzatishidan keyin Ker to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

26. Franciyada imkoniyat. Jarima zarbasi.

25. Grizmann oldinga o'tgandi. Yorgensen o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynagandek bo'lgandi. Ammo hakam hech nima demadi.

22. Daniya burchak to'pini amalga oshirdi. Biroq Varan xavfni bartaraf etdi.

20. Franciya yana hujum tashkil qilishga urindi. Ammo Olive Jiru raqib himoyachisiga qarshi fol ishlatdi.

18. Franciya hujumga o'tgandi. Grizmann raqib jarima maydonchasiga kirganida himoyachidan o'ta olmadi.

16. Burchakdan uzatilgan to'pdan Varan boshi bilan zarba bergandi. Ammo to'p darvozaga umuman yaqinlashgani yo'q.

15. ZARBAAAAAAAA!!! Lyuka Ernandesni raqib himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichida yiqitdi. To'p Jiruga borib tushdi. Uning zarbasini Kasper SHmeyxel qaytarib yubordi.14. Franciya oldinga o'tishga urindi. Grizmanning havolatib bergan pasini Dalsgor qaytarib yubordi.

12. Breytveyt oldinga o'tdi. Raqib jarima maydonchasi yaqinida u Kimpembeni yiqitdi.

10. Hozircha vaziyatlar yo'q. Ikki jamoa ham bir birini o'rganmoqda.

6. Yana o'sha Martin Franciya jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi. Avvaliga to'pni undan Kante olib qo'ygandek edi. Biroq Breytveyt to'pni qaytarib oldi va darvoza yoniga pas bermoqchi bo'ldi. Biroq Kante to'pning yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

4. XAVFLI VAZIYATTTTTTTT!!! Daniya futbolchisi Martin Breytveyt raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. U deyarli darvozabon bilan birga bir holatda edi.

2. O'yinning ilk daqiqalarida franciyaliklar to'pni o'zlarida ushlab turishibdi.

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Denmark

World Cup Grp. C . 3-tur

26/06/2018, 19:00

0
:
0
Tugadi

France

Stadion: Luzhniki, 78011 tomoshabin

Bosh hakam: Sandro Ricci

45'
90'
45'  Mathias Joergensen
60'  Pione Sisto (Viktor Fischer)
75'  Andreas Cornelius (Kasper Dolberg)
90'  Thomas Delaney (Lukas Lerager)
50'  Lucas Hernandez (Benjamin Mendy)
68'  Antoine Griezmann (Nabil Fekir)
78'  Ousmane Dembele (Kylian Mbappe)

Daniya - Franciya 0:0

Daniya: SHmeyxel, Ker, Kristensen, Yorgensen, Dalsgor, Striger, Deleni, Eriksen, Braytueyt, Kornelius, Sisto.

Franciya: Mandanda, Kimpembe, Varan, Sidibe, Ernandes, Kante, N’Zonzi, Lemar, Dembele, Jiru, Grizmann.

Ogohlantirish: Yorgensen (45+2).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика