Dani Alves: "Messi argentinalik bo'lishiga qaramasdan, tarixdagi eng buyuk o'yinchi"
03 iyu 2021 22:49
Yangiliklar
Dani Alves: "Messi argentinalik bo'lishiga qaramasdan, tarixdagi eng buyuk o'yinchi"
"San-Paulu" klubi himoyachisi Dani Alves "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Men faqatgina o'zim ko'rgan o'yinchilar haqida gapira olaman. Faoliyatim davomida juda ko'p iqtidorli o'yinchilarni ko'rdim. Ammo, bunchalik uzoq vaqt eng yuqori darajada deyarli hech kim o'ynolmagan.
Messi - argentinalik bo'lishiga qaramasdan, tarixdagi eng buyuk o'yinchi", -deydi Dani Alves.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messining "Barselona" bilan shartnomasi allaqachon o'z nihoyasiga etib ulgurdi. Argentinalik futbolchi esa kelajagi borasidagi qarorini hali elon qilib ulgurganicha yo'q.
Fikrlar