Dani Alves - Braziliya-Argentina uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi
03 iyu 2019 11:22
Yangiliklar


Dani Alves - Braziliya-Argentina uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Kopa Amerikaning yarim finalidan o'rin olgan Argentina (2:0)ga qarshi o'yinda eng yaxshi futbolchi deb topildi.
36 yoshli futbolchi o'yin davomida to'liq harakat qildi, 111 marta to'p bilan muomala qildi, 5ta muvaffaqiyatli zarba berdi va 88 foiz aniq paslarni amalga oshirdi. SHundan so'ng o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, maxsus mukofot bilan taqdirlandi.
Braziliya Argentina ishonchli (2:0) hisobida mag'lub etdi va musobaqa finalga yo'l oldi. 5 karra jahon chempionlari finalda CHili yoki Peru bilan ro'baro kelishadi.
Eslatib o'tamiz, Dani Alves hozirda erkin agent hisoblanadi. Futbolchi shu yilning 23 iyunida PSJdan ketganini rasman elon qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar