Damir Temirov: "Bu yil ikki hissa kuch bilan o'ynashim kerak. Boshqa yo'li qolmagan"
08 fev 2022 12:00
Yangiliklar
Damir Temirov: "Bu yil ikki hissa kuch bilan o'ynashim kerak. Boshqa yo'li qolmagan"
Luisma Ernandes boshchilik qilayotgan "Metallurg" yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini Antalyada olib boryapti.
Jamoaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri Damir Temirov bu erdagi ilk kungi mashg'ulotlar borasida xulosalarini bildirdi.
"Qishda jamoani ko'p futbolchilar tark etdi. Hozirda yangi jamoa sifatida shakllanmoqdamiz. O'ylaymanki, mavsum davomidagi natijalarimiz bilan muxlislarni uyaltirib qo'ymaymiz. Bilsangiz tayyorgarlikni ertaroq boshladik. Turkiya yig'ini jismoniy tomondan formaga kirib olish imkonini beradi. Har doim maksimal ko'rsatkich qayd etishga harakat qilaman. Endilikda ikki hissa kuch bilan o'ynashim kerak. Boshqa yo'li ham qolmagan",- deydi Damir Temirov.
Fikrlar