So’nggi yangiliklar

14:39"Кристал Пэлас" Даун синдромли болаларни жамоавий фотосессияга таклиф қилди  0 14:14"Ливерпуль" собиқ футболчиси БАА учинчи дивизиони жамоасида ўйнайди  0 13:43"Трабзонспор" Андре Онанага доимий шартнома таклиф қилди  1 13:16Ҳимоя чизиғида "катта тозалаш": "Интер" фахрийлар билан хайрлашишга тайёр  2 12:48Ҳолид Ал Фадли Ўзбекистон термасининг араб мамлакатларидан қандай фарқи борлигини айтди  2 12:27Файзуллаев Уругвай билан ўйнамайди  6 12:19Манба: Ўзбекистон халқаро турнирда Миср билан ўйнаши мумкин  6 12:05Реда Ҳани: "Мазкур беллашув Ўзбекистондаги сингари бизнинг мураббий учун ҳам биринчиси эди"  1 11:47Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК ҳакамлар академиясида малака оширади  0 11:35Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК Чақирув Лигаси ўйинларида!  0 11:24Ўзбекистон U-18 термаси Озарбайжон билан муроса кўчасини танлади  1 11:10Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар Осиё чемпионати саралаш босқичида ишлайди  0 10:46"Арсенал" туркиялик футболчи учун катта суммадан воз кечишга тайёр  1 10:18"Реал" ҳужумчиси январда АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:50А Сериянинг энг кўп маош олувчи футболчилар рейтинги эълон қилинди  0

Damir Temirov: Andijon varianti paydo bo'lganida xursandchilik bilan taklifni qabul qildim Yangiliklar

Damir Temirov: Andijon varianti paydo bo'lganida xursandchilik bilan taklifni qabul qildim

Andijonning oxirgi transferi Damir Temirov bo'ldi. Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Damir, faoliyatingizda yangi sahifa ochilyapti. Endi siz «Andijon»ning yangi azosisiz...

- Bu jamoaga kelganidan xursandman. Xudo xohlasa, yaxshi tramplin bo'ladi, deb o'ylayman.

- Transfer oynasi yopilishiga oz fursat qolganida sizning «Andijon»ga o'tishingiz amalga oshdi. Bu qanday yuz berdi?

- Kutib yurgandim. Jamoamni o'zgartirishim kerak edi. Muhit o'zgarishi lozim edi. «Andijon» varianti paydo bo'lganidan keyin ikkilanib o'tirmasdan bu taklifga rozilik bildirdim va buni xursandchilik bilan qabul qildim.

- Bungacha «Andijon»ga qarshi ko'p o'ynagansiz. Qanday xotiralar qolgan?

- «Andijon» ajoyib jamoa. Bu erda qancha futbolchi o'zgarsa ham baribir ichki muhit o'zgarmaydi. Har doim ahil va inoq jamoa bo'lib qolaveradi. Men mana shunday ahil jamoaga qo'shilganimdan mamnunman.

- Futbolchini o'z oldiga qo'ygan maqsadi bo'ladi. Siz «Andijon» bilan nimani ko'zlayapsiz?

- Maqsad har bir o'yinda g'alaba qozonish va maksimal natijaga erishish.

- Kelgan chog'ingizda bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov bilan ham suhbatlashib oldingiz. U sizga nimalar dedi?

- Iliq kutib olishdi va menga oson bo'lmasligini aytishdi. Raqobat bo'lishini takidladilar. Raqobat bo'lgan joyda albatta o'sish bo'ladi.

- «Bobur arena»da o'ynagansiz. Bu erda qanaqa muhit bo'lishini bilasiz...

- Mehmon bo'lib yoki mezbon bo'lib o'ynasangiz ham bunaqa atmosferada to'p surish futbolchi uchun birinchi navbatda baxt desa ham bo'ladi. Bunday muhitda o'yin yanada chiroylilashib boraveradi. Avvalambor futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Xudo xohlasa, «Andijon» ishqibozlarini g'alabalarimiz bilan quvontiramiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика