Dalotga "Barselona" qiziqmoqda, ammo klub transfer borasida muzokaralar olib bormayapti
15 avg 2022 14:17
Yangiliklar


Dalotga "Barselona" qiziqmoqda, ammo klub transfer borasida muzokaralar olib bormayapti
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalotning ushbu yozda "Barselona"ga yo'l olishi qiyin masala.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Portugaliyalikni "Kamp Nou"da yuqori baholashadi, ammo Kataloniya klubi hali "Manchester Yunayted" bilan ehtimoliy transfer borasida muzokara olib bormayapti.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Dalot bilan xayrlashmoqchi emas.
Niderlandiyalik Dioguni o'ng qanot himoya poziciyasi uchun birinchi tanlovi hisoblanadi. SHu bilan birga, angliyalik Aaron Van-Bissaka transferga qo'yilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar