So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

“Dalmatinko cup”. Kichik "qaldirg'ochlar" Xorvatiyadagi turnirni qanday yakunladi? Yangiliklar

“Dalmatinko cup”. Kichik "qaldirg'ochlar" Xorvatiyadagi turnirni qanday yakunladi?

Xorvatiyaning turli shaharlarida bo'lib o'tgan “Dalmatinko cup” xalqaro musobaqasi yakuniga etdi.

“Bunyodkor”ning uchta yosh toifasidagi jamoalari ishtirok etgan musobaqa klub tarbiyalanuvchilari katta maktab vazifasini o'tab berdi, deyish mumkin. Zero, Xorvatiya va Evropaning boshqa nomdor klublari akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushgan “qaldirg'ochlar” evropalik tengqurlaridan hech bir jabhada ortda emasligini ko'rsata oldi. "Bunyodkor"ning uchta jamoasi ham guruh bosqichidan pley-offga yo'l olgani so'zimizga isbot bo'ladi. Garchi klubning ikki jamoasi chorak finalda kurashni to'xtatgan bo'lsa-da, o'yinda mag'lub bo'lgani yo'q. Miraziz Mirzaahmedov murabbiyligidagi “Bunyodkor-2008” mahalliy “Primorac”ga qarshi bahsda ikki bor hisobda oldinga chiqib oldi. Mezbonlar ikki marta vakillarimizni quvib etishga majbur bo'lishdi. Penaltilar seriyasida omad maydon egalariga kulib boqdi. Penaltilar seriyasi lotoreya ekanligi futbol jamoatchiligiga sir emas.

Kecha klubning yana bir jamoasi chorak finalda kurashni to'xtatganidan xabaringiz bor. Alisher Ibrohimov boshchiligidagi “Bunyodkor-2009” Xorvatiyaning o'sha mashhur “Dinamo Zagreb” jamoasi tarbiyalanuvchilariga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Aytish kerakki, Alisher Ibrohimov shogirdlari nomdor raqib safidagi tengdoshlaridan o'yin borasida ustun bo'lsa bo'ldiki, kuchsiz ko'ringani yo'q. SHunchaki, bu bahsda ham lotoreya o'yin taqdirini hal qildi. Penaltilar seriyasida ham kurash keskin kechganini hisobdan bilish mumkin – 8:7.

CHorak finalga qadar o'z darvozasidan to'p olib chiqmagan G'ulom Halimtoev ustozligidagi “Bunyodkor-2011”ning “Dalmatinko cup”dagi ishtirokini faqat olqishlash mumkin. Finalgacha etib kelgan yosh “qaldirg'ochlar” hal qiluvchi bahsda yirik hisobda yutqazgan bo'lsa-da, bu tarbiyalanuvchilarning kuchsizligidan emas, balki bir kunda yuqori bosimda uchta o'yin o'tkazish og'irlik qilgani bilan bog'liq. Ham ruhiy ham jismoniy charchoq finalda pand berdi. 

Umumiy manoda “qaldirg'ochlar”ning “Dalmatinko cup”dagi ishtirokini har tomonlama ijobiy baholay olamiz. Bolalar futboli har tomonlama rivojlangan Xorvatiya maydonlarida “yo'qolib” qolmagan klub tarbiyalanuvchilari “Bunyodkor” kelajagi ishonchli qo'llarda ekanligidan darak beradi!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика