Dalich: "Men uchun Braziliya yoki "Barselona"dan Xorvatiya termasini boshqarish muhimroq"

Mirjalol Normatov
18 iyul 2018, 11:55
Xorvatiya termasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich o'z ish joyidan mamnunligini aytdi.

"Men "Barselona" yoki Braziliya terma jamoasini boshqarishim mumkin edi. biroq Xorvatiya termasi boshqaruvi mening muhim va sevimli ish joyim bo'lib qoladi.

Sovrinni qo'lga kiritmagan bo'lsak ham barchasidan mamnunman. Agarda mundial boshlanmasidan oldin menga final yo'llanmasini taqdim qilishganida, buni hech qanday etirozsiz qabul qilgan bo'lardim", - dedi Dalich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com