Dalglish: "Los-Anjeles Gelaksi" Jerrardga mos keladi"
04 jan 2015 17:00
Yangiliklar


Dalglish: "Los-Anjeles Gelaksi" Jerrardga mos keladi"
"Liverpul"ning sobiq murabbiyi Kenni Dalglish Jerrardning qarorini qo'llab-quvvatlamoqda.
"Los-Anjeles Gelaksi" Stiv uchun ayni paytda ideal jamoa. U o'z oilasi bilan shaharda bemalol sayr qilib yura olishi mumkin. CHunki, u er futbol shahri hisoblanmaydi. Uni barcha ham tanivermaydi. Iqlimi ham ajoyib. U hattoki Donovan bilan birgalikda bemalol otamlashib ham o'tirishi mumkin", - deydi murabbiy.

Fikrlar