Daily Mail: “Vest Xem” Lambert uchun 7 million funt taklif etayapti
16 jan 2014 11:14
Yangiliklar


Daily Mail: “Vest Xem” Lambert uchun 7 million funt taklif etayapti
“Vest Xem” hujumchi Riki Lambertni sotib olish uchun “Sautgempton” bilan muzokara olib borayapti.
“Vest Xem” Angliya terma jamoasining 31 yoshli o'yinchisi uchun 7 million funt bermoqchi, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaning xabariga ko'ra, “Sautgempton” moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgani sababli o'yinchini sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha “Sautgempton” prezidenti Nikola Kortes istefoga chiqqan.
Ushbu mavsum Angliya chempionatining 21 ta o'yinida maydonga tushgan Lambert, 6 ta gol va 5 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar