Dahshat! "SHtutgart" sardorining otasi stadionda vafot etdi
16 dek 2018 12:56
Yangiliklar
Dahshat! "SHtutgart" sardorining otasi stadionda vafot etdi
"SHtutgart" sardori Kristian Gentnerning oilasida og'ir judolik.
"Gerta"ga qarshi o'yinni ko'rishga borgan Gentnerning otasi o'yindan keyin vafot etdi.
Bahs yakunlanganidan so'ng Gentner maydonda televidenie uchun intervyu berdi va ichkariga kirib ketdi. Tez orada u tribunaga otilib chiqdi. U erda vrachlar futbolchining otasini qutqarib qolish uchun kurashayotgandi. Biroq barcha harakatlar besamar bo'ldi.
"SHtutgart" va "Gerta" klublari futbolchiga chuqur taziya bildirishdi.
Gentner jamoasi kecha 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Klub avvaliga 0:1 hisobida mag'lub bo'layotgandi. Keyinchalik Mario Gomes ikki gol kiritdi. Uning ikkinchi goliga aynan Gentner hammuallif bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar