Dahshat! "Benfika" qizlari bu mavsum 293ta gol urishdi
27 jan 2019 14:08
Yangiliklar
Dahshat! "Benfika" qizlari bu mavsum 293ta gol urishdi
"Benfika" klubi 2017 yilda ayollar jamoasini tashkil etdi.
Bu mavsum ular Portugaliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etishmoqda. Jamoaning maqsadi oliy ligaga yo'l olish. Klub rahbariyati bu maqsadni tezroq amalga oshirish uchun jamoaga iqtidorli futbolchi qizlarni taklif qildi.
"Benfika" ayollar jamoasi debyut o'yinida 28:0 hisobida g'alabaga erishishdi, keyingi o'yin esa 19:0 hisobida yakunlandi. Qolgan o'yinlarda ham yirik muvaffaqiyatlar qayd etildi.
26 yanvargacha ushbu jamoaning to'plar nisbati 261:0 edi.

Kecha ular "Kasa do Povo de Pego"ni 32:0 hisobida taslim etishdi va to'plar nisbatini 293:0 ko'rinishiga keltirishdi.
"Benfika" ikkinchi divizionda etakchilik qilmoqda, ularga eng yaqin klub "Sporting" 12 ochko orqada.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar