So’nggi yangiliklar

17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  0 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  0 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  1 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  6 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  7 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31

COVID-19 bilan kurash uchun 33 mln to'plagan 100 yoshli ser Tom Mur vafot etdi. APL va London qahramon bilan xayrlashdi Yangiliklar

COVID-19 bilan kurash uchun 33 mln to'plagan 100 yoshli ser Tom Mur vafot etdi. APL va London qahramon bilan xayrlashdi

U yanvar oxirida koronavirusga chalingandi.

Siz Tom Murni tanimasligingiz mushkul vazifa. Uzr, kapitan Tom Murni. Bu qaxramon bobo 100 yoshli yubileyidan avval marafon tashkillashtirgandi: uyining orqa hovlisida 25 metrli yugurish maydonchasini yuz marta bosib o'tishi va bu orqali unga saratonni engishda va singan sonini davolashda yordam bergan Milliy sog'liqni saqlash xizmati (NHS) xodimlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun mablag' to'plamoqchi edi. Yanvar oyi oxirida qayg'uli xabar tarqaldi: Mur koronavirusga chalindi. Yoshi ulug' insonning nafas olishi qiyinlashib, shifoxonaga etkazildi. 2 fevral kuni Tom Mur vafot etgani haqida uning qiziga malum qilindi. 

Hayotining so'nggi daqiqalarini u yaqinlari davrasida o'tkazdi. Ular bolalik haqida suhbatlashib, ajoyib damlarni eslashdi, ham kulishar, ham yig'lashardi: "Otamiz umrining oxirgi yili ajoyib o'tdi. U xuddi yoshargandek edi va o'zi orzu qilgan ko'plab ishlarni amalga oshira oldi. Ko'pchilik uni yaqin-yaqindan bilgan bo'lsa-da, u mehribon ota va ajoyib bobo sifatida bir umr bizning yodimizda qoladi".

Angliyadagi mashhur charxpalak London Eye qaxramonga atab so'nggi bor "salyut" uyushtirdi:


Murning rasmi Sautport ko'chalaridan birida:


Bu APLning "Lids" – "Everton" bahsidan avval:


"Byornli" va "Manchester Siti" o'yinchilari ham mashhur insonni xotirlashdi:


Keling, pandemiya vaqtida ko'pchilikni ruhlantirib, umid bera olgan Tom Mur qaysi xizmatlari bilan yodda qolganini eslaylik.

Yozda u Milliy sog'liqni saqlash xizmatiga yordam berish uchun o'ziga xos marafon o'ylab topdi: u har kuni 10 krug masofani bosib o'tishi kerak edi. Bu marafon orqali 1000 funt to'plash niyat qilingandi, ammo u minglik chegarasidan o'tib ketdi: ushbu xayrli ish uchun Tomga butun dunyodan minglab odamlar turli miqdorda pul jo'natishdi. Kapitan Mur marraga eta oldi (100 krug), shifokorlar uchun to'plangan summa esa 33 mln funtdan oshib ketdi.

Bunday natijadan Boris Jonson ham hayratga tushdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri kapitan Murni ricarlik unvoniga nomzod sifatida ko'rsatdi — Tom Mur endi serga aylandi (ser Tom Mur).


Marafon kapitan Murning yagona qaxramonligi emas. Qo'shiqchi Maykl Boll va NHS xodimlari bilan Tom You’ll Never Walk Alone qo'shig'ini yozishda ishtirok etdi — og'ir davrdagi eng yaxshi hadya. Qo'shiq britan chartida eng yuqori pog'onaga ko'tarildi. O'shanda 99 yoshli kapitan qo'shiqning eng yoshi ulug' ijrochisi bo'lgandi — taqqoslash uchun: avvalgi rekordchi Tom Jons 68 yosh va to'qqiz oyligida qo'shiqni ijro etgandi.

"Nabiralarim men chart topida ekanligimga hali ham ishona olishmayapti! Biz birgamiz, men doim qo'llab-quvvatlaganingiz uchun sizlardan minnatdorman. Inson hech qachon yolg'iz emasligini shu holat isbotlaydi", — deb muvaffaqiyatiga munosabat bildirgan Mur.



Tabiiyki, qo'shiq orqali ishlangan mablag'lar NHSga yo'naltirildi. Bundan keyin Mur Hindiston va AQSHga sayohat haqida orzu qila boshladi — o'sha mashhur 66 shosseni o'z ko'zi bilan ko'rmoqchi edi...

Tom Murning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика