COVID-19 bilan bog'liq yangi holatlar sabab APLda mavsum to'xtaydimi?
30 dek 2020 20:30
Yangiliklar


COVID-19 bilan bog'liq yangi holatlar sabab APLda mavsum to'xtaydimi?
Xabaringiz bor, Britaniyada koronavirusning yangi shtammi bilan bog'liq holatlar ko'payib bormoqda.
SHu tufayli, APL doirasidagi uchta bahs boshqa muddatga qoldirildi.
Angliya Premer-ligasi klublari virus bilan kasallanish ortib borayotganiga qaramay, mavsumni to'xtatishni muhokama qilmayapti, deya xabar beradi Sky Sport.
Mavsumni to'xtatish to'g'risidagi qaror tasdiqlanishi uchun kamida 14 ta klubning roziligi kerak. SHu bilan birga, Premer-liga vakillari yaqin vaqt ichida uchrushuvlarni o'tkazmoqchi emas.
Mamlakat hukumati ham sport musobaqalarni to'xtatib qo'yish bo'yicha hech narsani rejalashtirayotgani yo'q, deyiladi manbada.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar