"Continental AG": O'zbekiston - KXDR uchrashuvining eng yaxshi muxlisi - SHavkat Imomov!
10 jan 2015 17:31
Yangiliklar


"Continental AG": O'zbekiston - KXDR uchrashuvining eng yaxshi muxlisi - SHavkat Imomov!
Ilk marotaba qita chempionatida eng yaxshi muxlis aniqlana boshlandi.
Bu loyiha OFK, shinalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyodagi etakchi brendlardan bo'lgan - "Continental AG" kompaniyasi bilan hamkorlikda o'tkazyapti.
Eng yaxshi muxlis birinchi bo'limdan keyin aniqlanadi. O'yin boshlanishiga yaqin va 1-taymdan davomida eng faol bo'lgan muxlis etirof etiladi va musobaqaning original to'pi bilan rag'batlantiriladi.
Birinchi bo'lim yakuniga etishi bilan O'zbekiston muxlislari o'tirgan sektorga kelgan tashkilotchilar, SHavkat Imomovni uchrashuvning eng yaxshi muxlisi bo'lganligi bilan tabriklgan holda, esdalik sovg'alarini taqdim etdilar. Mana shu jarayonni stadiondagi barcha muxlislar kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Fikrlar