CONCACAF Gold Cup-2021. Qatar ilk turda durang o'ynadi, Almoez Ali g'aroyib natija qayd etdi
14 iyu 2021 10:57
Yangiliklar
CONCACAF Gold Cup-2021. Qatar ilk turda durang o'ynadi, Almoez Ali g'aroyib natija qayd etdi
16ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib borishmoqda.
Ilk turda Meksika durang o'ynadi, AQSH kichik, Kanada esa yirik g'alabaga erishdi. Etiborlisi mazkur musobaqada Osiyo chempioni Qatar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Qitadoshimiz ilk turni Panamanga qarshi o'tkazib 3:3 hisobida durang qayd etdi. Gollardan birini urgan Almoez Ali g'aroyib natijaga erishdi. U Osiyo Kubogi, Kopa Amerika va CONCACAF Gold Cup (uchta qitaning bosh musobaqasi)da gol urgan dunyodagi yagona futbolchiga aylandi. Bu haqda ayni paytda AQSHdagi musobaqada faoliyat olib borayotgan Alisher Nikimbaev malum qildi.
Quyida dastlabki tur natijalari bilan tanishish mumkin:
"A" guruhi:
Meksika - Trinidad va Tobago 0:0
El Salvador - Gvatemala 2:0
Gollar: Roldan 81, Rivas 90+6.
"B" guruhi:
Kanada - Martinika 4:1
Gollar: Larin 16, Osorio 20, Eustakio 26, Korbeanu 89 - Riviera 10.
AQSH - Gaiti 1:0
Gol: Vaynz 8.
"C" guruhi:
Yamayka - Surinam 2:0
Gollar: Nikolson 6, Dekordova Reyd 26.
Kosta-Rika - Gvadelupe 3:1
Gollar: Kempbell 6, Lassiter 21, Borjes 70 - Mirival 45+5.
"D" guruhi:
Qatar - Panama 3:3
Gollar: Akrom Afif 48, Almoez Ali 53, Hassan Al Xaydos 63 penalti - Blekbern 51, 58, Devis 79 penalti.
Gonduras - Grenada 4:0
Gollar: Bengtson 28, Solano 52, Leveron 86, Kuito 88
Fikrlar