So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  6 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  20 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

Coca Cola Superligasi. Sentyabr oyi laureatlari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Sentyabr oyi laureatlari

"Championat.asia" ijodiy guruhi yakunlangan sentyabr oyining eng yaxshilarini aniqladi.



Oy darvozaboni - Abduvohid Nematov
Qarshining "Nasaf" klubi sentyabr oyida to'rtta o'yin o'tkazdi. Jamoa darvozaboni Abduvohid Nematov mana shu 4ta o'yinda umuman gol o'tkazib yubormadi. Posbon o'zining ishonchli harakatlari bilan jamoa g'alabalariga munosib hissa qo'sha oldi. SHu bois Abduvohid Nematov championat.asia talqiniga ko'ra sentyabr oyining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.





Oy goli - Iskandar SHoyqulov

"So'g'diyona" yarim himoyachisi Iskandar SHoyqulov "Qo'qon-1912" bilan bahsda ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi. Maydon markaziga yaqin joyda to'pni egallab olgan futbolchi jarima maydoni yaqiniga borib darvozaning yuqori burchagiga ajoyib gol urdi. SHu sabab Iskandar SHoyqulov sentyabr oyidagi eng chiroyli goli muallifi sifatida etirof etildi.






Oy futbolchisi - Temurxo'ja Abduxoliqov

O'ziga kelayotgan "Lokomotiv" safida hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Qanot yarim himoyachisi rolidan yana o'zining sevimli joyi markaziy hujumchi roliga qaytgan Abduxoliqov sentyabr oyida ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Jamoasining g'alabalariga katta hissa qo'shgan hujumchi yana oldingidek gollar urishda davom etishini tilaymiz. Championat.asia talqiniga ko'ra Temurxo'ja Abduxoliqov sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.





Oy murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev
Sentyabr oyida "Nasaf" 4ta o'yin o'tkazdi va 3ta g'alaba va 1ta durangga erishdi. "Ajdarlar" raqib darvozasiga 10ta gol urib umuman gol o'tkazib yuborishmadi. "Nasaf" dastlab "Qizilqum" 4:0 hisobida tor-mor etdi. So'ngra safarda "Andijon" taslim qilindi - 1:0. Keyin "Surxon" yirik hisobda mag'lub etildi - 5:0. Nihoyat oy oxirida Namanganda "Navbahor" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev haqli ravishda championat.asia talqiniga ko'ra sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика