So’nggi yangiliklar

16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  1 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  5 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  7 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  13 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  42 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  23

Coca Cola Superligasi. Igor Sergeev dubl qayd etgan o'yinda "Paxtakor" "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Igor Sergeev dubl qayd etgan o'yinda "Paxtakor" "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superligasining 10-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


YANGILASH


O'yin yakunlandi. "Paxtakor" ishonchli tarzda "Qo'qon-1912"ni engdi.

90+2. Zarba! Alijonovdan kuchli, ammo noaniq zarba. 

90+2. "Paxtakor" to'pni o'zida saqlashga urinyapti. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

88. Vladimir Kozak Akbarovga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka oldi. 

87. Oybek Rustamov-Dragan CHeran kurashida "Paxtakor" o'yinchisi qoidani buzishga majbur bo'ldi. 

86. Bobur Akbarov Jaloliddin Masharipovga nisbatan juda qo'pol o'yin ko'rsatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

84. "Qo'qon-1912" faollikni ancha oshirdi va yaxshi hujumlarni uyushtirmoqda. 

81. GOOOOOOOOOOOOLLLL! Hamidullo Abduhamidov!  Zaxiradan tushgan futbolchilar jamoaga foyda keltirishdi. Muhsin Normatov pasi orqali Abduhamidovni birga-bir holatga olib chiqdi, u esa gol urib, muvaffaqiyatga erishdi - 1:3!  

80. "Qo'qon-1912"da 2 ta o'zgarish: Sardor Azimov o'rniga Bek Abdullaev, Filip Rayevac o'rniga Muhsin Normatov tushdi. 

80. "Qo'qon-1912" ketma-ket ikki bor burchak to'pini o'yinga kiritdi, biroq hozircha foydasiz.

78. Muhammadanas Hasanov o'ng qanotda faollik namoyish etdi va burchak zarbasiga ega bo'ldi. 

77. Kozakning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi, burchak to'pi. 

75. "Paxtakor"da o'zgarish: Igor Sergeev o'rniga Eren Derdiyok o'yinni davom ettiradi.  

72. "Qo'qon-1912"da o'zgarish: SHohnazar Norbekov o'rniga Hamidullo Abduhamidov tushdi. 

71. "Qo'qon-1912"da almashtirish: Suhrob Berdiev o'rniga Muhammadanas Hasanov maydonga tushdi. 

71. "Paxtakor"da almashtirish: Odiljon Hamrobekov o'rniga Sadriddin Abdullaev tushirildi. 

67. GOOOOOOOOOOOOLLLL! Abror Ismoilov!  Masharipovning ajoyib uzatmasidan keyin Ismoilov o'zining ishonchli zarbasi bilan hisobni yiriklashtirdi - 0:3! 

65. Norbekovdan zarba, ammo noaniq, juda qulay imkoniyat qo'ldan boy berildi. 

62. "Paxtakor"da 3 ta o'zgarish: Egor Krimec o'rniga Anzur Ismoilov, Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Abror Ismoilov, Farruh Sayfiev o'rniga SHerzod Azamov tushdi.   

59. Zarba! Bambadan zarba, Suyunov o'z o'rnida! Zarba ozgina kuchsiz chiqib qoldi. 

57. Sardor Azimov va Farruh Sayfiev o'rtasida kichik tortishuv ro'y berdi. Hakam vaziyatni nazoratga oldi. 

54. "Qo'qon-1912" futbolchisidan tushunarsiz harakat, o'ng qanotda Sardor Azimov bo'sh edi va oldinga intilayotgandi, ammo uzatma chap qanotga yo'naltirildi. 

52. Norbekov hujumga o'tdi va undan pas, lekin jarayon jamoaga samara keltirmadi. 

51. "Paxtakor"ning hujumi maydon markazidan rivojlandi, biroq yakunda xatoga yo'l qo'yildi. 

48. Bahs jamoalarning shiddatli o'yini orqali davom etyapti.  

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 0:2. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Igor Sergeev!  Hujumchi himoyachilarni qoyilmaqom tarzda aldab, darvozani ishg'ol etdi! 0:2! 

42. Sardor Azimov va Odiljon Hamrobekov o'rtasida uzoq davom etgan kurashda Azimov qoidani buzdi. 

41. Bambadan yaxshi pas, lekin Norbekov ofsaydda qolgani malum qilindi. 

39. Yakuba Bambadan ajoyib uzatma, Norbekov birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo pala-partishlik tufayli to'pni yo'qotdi, ajoyib imkoniyat bor berildi. 

36. Masharipov-CHeran kombinaciyasi Draganning noaniq zarbasi bilan yakun topdi. 

34. Masharipov chap qanotda faollik ko'rsatdi va burchak to'pi ishladi. 

29. Krimec Berdievni yiqitdi, jarima zarbasi. 

25. GOOOOOOOOOOL! Sergeev! Masharipov jarimadan oshirgan to'pi Krimecga etib bordi, u boshi bilan Sergeev tomon uzatmani amalga oshirdi. Igor Sergeev esa yaqin masofadan gol urdi! 

24. O'yindagi qo'polliklar ko'payib ketdi. Oybek Rustamov Dragan CHeranga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

22. Yana bir sariq kartochka. Bu gal Bamba Masharipovni yiqitgani uchun ogohlantirildi. 

20. Filip Rayevac Krimecga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

18. Darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'p "Qo'qon-1912" futbolchisiga kelib tushdi, u esa uzoqdan bo'sh darvoza tomon zarba yo'lladi. noaniq.  

16. Masharipov jarima to'pidan to'pni CHeran tomon oshirdi, lekin u yiqilib tushdi va hakamdan penalti so'radi. Hakam esa penalti yo'q, dedi.   

15. Alijonov o'ng qanotdan pas uzatdi, Hamdamovdan zarba, ammo oldinroq  to'p maydon tashqarisiga chiqib ketgani malum bo'ldi.  

13. Hamdamov Berdievga nisbatan qo'pol o'ynadi va jarima zarbasi belgilandi. Berdievning jarimadan uzatgan to'pi raqib tomonidan qaytarildi. 

11. Masharipov havodan ichkari tomon pas uzatdi, himoyachilar o'z vaqtida xavfning oldini olishdi. 

10. O'yin shiddatli va teng kurashlar ostida kechmoqda. 

7. "Qo'qon-1912" yaxshi hujum boshladi, Norbekovning zarbasi noaniq chiqdi.   

5. Yakuba Bamba Sardor Sobirxo'jaevga nisbatan qo'pollish ishlatdi va hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


QO'QON-1912 – PAXTAKOR 1:3
18 avgust. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00 (Sport TV)
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Igor Sergeev 25, - 0:1, Igor Sergeev 43, - 0:2, Abror Ismoilov 67, - 0:3, Hamidullo Abduhamidov 81, - 1:3.

“Qo'qon-1912”: 21.Muzaffar Abdullaev, 3.Bobur Akbarov, 7.SHohnazar Norbekov (19.Hamidullo Abduhamidov, 72), 9.Suhrob Berdiev (22.Muhammadanas Hasanov, 71), 13.Sardor Azimov (99.Bek Abdullaev, 80), 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Oybek Rustamov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 69.Filip Rayevac (37.Muhsin Normatov, 80), 91.Yakuba Bamba.
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 39.Sardor Yetovqo'ziev, 96.Islomjon Abdullaev.

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 11.Igor Sergeev ( 77.Eren Derdiyok, 75), 15.Egor Krimec (5.Anzur Ismoilov, 62), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Odiljon Hamrobekov (7.Sadriddin Abdullaev,), 27.Sardor Sobirxo'jaev (21.Abror Ismoilov, 62), 29.Vladimir Kozak, 34.Farruh Sayfiev (23.SHerzod Azamov, 62).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Akrom Komilov, 8.Asadbek Sobirjonov, 99.Javohir Sidiqov

Ogohlantirishlar: Rayevac 20, Bamba 22, Akbarov 86 - Kozak 88.

Qo’qon-1912

Hamidullo Abduhamidov - 81'

Superliga. 10-tur

18/08/2020, 19:00

3
:
1
Tugadi

Paxtakor

Igor Sergeyev - 25', Igor Sergeyev - 43', Abror Ismoilov - 67'

45'
90'
20'  Filip Rayevac
22'  YAkuba Bamba
71'  Suhrob Berdiyev (Muhammadanas Hasanov)
72'  Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov)
80'  Sardor Azimov (Bek Abdullaev)
80'  Filip Rayevac (Muhsin Normatov )
81'  Hamidullo Abduhamidov
81'  Muhsin Normatov
86'  Boburjon Akbarov
25'  Igor Sergeyev
25'  Egor Krimets
43'  Igor Sergeyev
62'  Egor Krimets (Anzur Ismoilov)
62'  Sardor Sobirxo’jayev (Abror Ismoilov)
62'  Farrux Sayfiev (Sherzod A’zamov)
67'  Abror Ismoilov
67'  Jaloliddin Masharipov
71'  Odiljon Hamrobekov (Sadriddin Abdullayev)
75'  Igor Sergeyev (Eren Derdiyok)
89'  Vladimir Kozak

Fotosuratlar muallifi: Tolibjon Qosimov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика