So’nggi yangiliklar

01:50УХХХХХХ! "Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  0 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  15 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  70 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67

Coca Cola Superligasi. Suhrob Sultonov qahramonga aylangan o'yinda AGMK Qo'qonda g'olib bo'ldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Suhrob Sultonov qahramonga aylangan o'yinda AGMK Qo'qonda g'olib bo'ldi

Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 18-daqiqada Suhrob Berdievning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

23-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarima zarbasidan tepgan to'pini Sultonov qaytardi, qaytgan to'pga zarba bergan Erkinovning urinishini esa Rahmonov yo'qqa chiqardi.  

27-daqiqada Rahmatov va Jo'raevning kombinaciyasidan so'ng Zafar Polvonov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.

29-daqiqada Mirjamol Qosimovdan supergol, burchak zarbasidan to'g'ridan-to'g'ri darvozani ishg'ol etgan Qosimov oradagi farqni ikkitaga oshirdi - 0:2. 

32-daqiqada Murod Holmuhammedovning jarimadan yo'llagan zarbasini Suhrob Sultonov egallab oldi.

44-daqiqada Quvondiq Ro'zievning 2 metrdan tepgan to'pini Rahmonov darvoza chizig'i oldidan qaytarib yubordi.

46-daqiqada Quvondiq Ro'zievning bosh bilan bergan zarbasi biroz yuqoridan ketdi.

57-daqiqada Xojimat Erkinovning pasidan so'ng SHahboz Erkinov darvozaga zarba yo'lladi. Darvozabon katta qiyinchilik bilan qaytardi. 

61-daqiqada  Xojimat Erkinovning jarima maydonchasi atrofidan tepgan to'pini Sultonov qaytarib yubordi! 

69-daqiqada raqib jarima maydonchasi ichida pressing uyushtirgan bosim natijasida Grigalashviliga qulay vaziyat yaratildi. Elguja esa osonlik bilan gol urdi - 0:3.

82-daqiqada Timur Xakimovni zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Quvondiq Ro'ziev zarba berdi. Biroz noaniq.  

88-daqiqada SHahboz Erkinovning 4 metr masofadan darvozaga boshi bilan yo'llagan zarbasini Suhrobjon Sultonov g'ayritabiiy seyvi orqali bartaraf etdi!

90-daqiqada Quvondiq Ro'ziev hisobni qisqartirdi - 1:3.

Uchrashuvda mehmonlar g'alaba qozonishdi.



"QO'QON-1912" - AGMK 1:3
23 noyabr. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 14:30
Hakamlar
: SHerzod Qosimov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: SHohrux Said 

Gollar: Zafar Polvonov 27, - 0:1. Mirjamol Qosimov 30, - 0:2. Elguja Grigalashvili 69, - 0:3. Quvondiq Ro'ziev 90, - 1:3.

“Qo'qon-1912” — 33.Muzaffar Abdullaev, 7.Jamshid Hasanov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 17.Jahongir Ahmadov, 19.Suhrob Berdiev, 20.Iqboljon Malikjonov (5.Xojimat Erkinov, 46), 22.SHahboz Erkinov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 27.Jasurbek Yoqubov, 65.Marko Milich (15.Oybek Rustamov, 77), 70.Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 1.Islom Abdullaev, 4.Sobit Sindarov, 11.Timur Hakimov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 29.Hamidullo Abduhamidov, 72.Alisher Samatov, 91.Otabek Haydarov.

AGMK — 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 31.Saydullo Rahmatov - 3.Erkin Baydullaev, 5.Dilshod Jo'raev, 4.Mirjamol Qosimov - 97.Jasur Yaxshiboev (11.Zohir Pirimov, 56), 9.Zafar Polvonov (15.Jasur Hakimov, 85), 7.Elguja Grigalashvili.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 17.Murod Toshmatov, 23.Akmal SHorahmedov, 30.Jasur Umarov, 44.Bobur Yo'ldoshev, 77.Vladislav Kasminin, 99.SHahzod Nurmatov.

Ogohlantirishlar: Murod Xolmuhammedov 80,


Qo’qon-1912

Quvondiq Ro'ziev - 90'

Superliga. 24-tur

23/11/2019, 14:30

3
:
1
Tugadi

OKMK

Zafar Polvonov - 27', Mirjamol Qosimov - 30', Elguzha Grigalashvili - 69'

45'
90'
90'  Quvondiq Ro'ziev
27'  Zafar Polvonov
30'  Mirjamol Qosimov
69'  Elguzha Grigalashvili


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика