So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  39 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  29 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Lokomotiv"ni "xokkeycha hisob" bilan yutdi, Sergeev va Derdiyokdan dubl Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Lokomotiv"ni "xokkeycha hisob" bilan yutdi, Sergeev va Derdiyokdan dubl

Coca Cola Superligasining 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini shu sahifada kuzatib borish mumkin bo'ldi.


YANGILASH


O'yin tugadi. "Paxtakor" "Lokomotiv"ga javobsiz 7 ta gol urib, g'alabaga erishdi. 

Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

90. Zarba! Sobirjonov yaxshi harakatlarni amalga oshirib, zarba berdi, biroq noaniq. 

89. Maydonda Masharipov-O'lmasaliev to'qnashuvi, hakam "Lokomotiv" foydasiga jarima to'pi belgiladi. 

87. Zarba! Sidiqovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

84. Hozircha "Loko"ning har bir harakati besamar ketmoqda. 

81. O'lmasaliev Masharipovni turtib yuborgani uchun ogohlantirish oldi. 

77. Umirov Masharipovga nisbatan qoidani buzgani bois sariq kartochka oldi. 

75. Uuuuxx! Abror Ismoilovning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi! 

74. Maxaradze va Masharipov to'qnashib ketdi, ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.  

72. Turopov jarimadan to'pni ichkariga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

71. Azamov O'lmasalievga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi. 

68. "Lokomotiv"da 2 ta almashtirish: Abduholiqov o'rniga Pogrebnyak, Afonin o'rniga G'anixonov o'yinni davom ettiradi.  

68. "Paxtakor"da o'zgarish: Hamdamov o'rniga Sobirjonov tushdi. 

66. To'p nazorati "Lokomotiv"da, hujum ham bor, ammo hujumni yakunlaydigan futbolchi topilmayapti. 

63. GOOOOOOOOOLL! Derdiyok!  Masharipovning azatmasidan keyin Eren dublga erishdi va hisobni oshirdi - 7:0! 

62. "Paxtakor"da almashtirish: Hamrobekov o'rniga Ismoilov tushdi. 

58. Sayfiev-Masharipov-Sidiqov kombinaciyasi muvaffaqiyatsiz yakun topdi. "Lokomotiv" qarshi hujumga intilyapti. 

56. Zarba! Afoninning jarimadan yo'llagan zarbasi osmonga yo'naltirildi. 

54. "Lokomotiv"da 2 ta o'zgarish: SHaymanov o'rniga Umirov, ALijonov o'rniga O'lmasaliev tushirildi. 

52. Sidiqov ogohlantirildi, u penalti ishlamoqchi bo'lgani uchun jazolandi. 

50. GOOOOOOOOLOOLL! Masharipov! U ajoyib harakatlari orqali himoyachilarni chalg'itdi va o'tkir burchakka to'pni joylab qo'ydi. 

47. GOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Derdiyok! Zaxiradan tushgan futbolchi hisobni 5:0 ko'rinishiga keltirdi!  

46. "Paxtakor"da 3 ta o'zgarish: Krimec o'rniga Azamov, Sergeev o'rniga Derdiyok, CHeran o'rniga Sidiqov tushirildi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 4:0. Tanaffus! 

45+1. Masharipov jarima zarbasini chiroyli ijro etdi!  Zarbani darvozabon qaytardi.   

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

42. Abduxoliqov yaqin masofadan darvozani nishonga ololmadi. 

41. Masharipovning ohista pasidan keyin Hamdamov zarba yo'lladi! Biroq bu zarba Ilyosovga qiyinchilik tug'dirmadi.  

40. Zarba! Afaonindan juda kuchsiz zarba, Suyunov ishonch bilan to'pni ushlab oldi. 

38. Krimec maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatiladi. 

35. "Lokomotiv"da o'zgarish: Bikmaev o'rniga Ergashev tushdi. 

34. Zarba! Hamrobekovning kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi. 

31. GOOOOOOOOOOOOLL!! Hamdamov!  Masharipovning ajoyib uzatmasidan keyin Dostonbek Hamdamov hisobni oshirdi - 4:0! 

28. GOOOOOOOOOOLL! Sergeev hisobni yiriklashtirdi - 3:0!  

27. Hozircha bahs teng kurashlar ostida davom etmoqda. 

23. "Loko" yaxshi hujum tashkil etdi, biroq Bikmaev so'nggi pallada ehtiyotsizlik tufayli to'pdan ayrildi.  

21. Alijonov-Hamdamov kombinaciyasi Dostonning aniq bo'lmagan pasi bilan tugadi. 

20. Masharipov chap qanot orqali ichkargi kirib boishga urindi, lekin himoyachilar undan to'pni olib qo'yishdi. 

18. Sayfievdan uzatma, Sergeevdan bosh bilan zarba, ammo noaniq. 

16. Zarbaaa! Temurxo'ja Abduxoliqovning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

13. GOOOOOOOOOOOOOOOLL! Igor Sergeev darvozabonni aldab o'tgan holda raqib darvozasiga to'p kiritdi - 2:0! 

11. GOOOOOOOOOOOOOOOLL! Dragan CHeran ishonchli tarzda hisobni ochdi - 1:0!  

Nomalum sabablarga ko'ra, o'yin jonli efirda olib ko'rsatilmaydi. 

7. Zarba! Masharipovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

4. Egor Krimec Bikmaevga nisbatan ishlatgan qo'polligi bois sariq kartochka oldi. 

1. O'yin boshlandi! 

Coca Cola Superliga. 12-tur
18:30 - PAXTAKOR — LOKOMOTIV 7:0 (LIVE)

Gollar: CHeran 11', Sergeev 13', 28', Hamdamov 31', Derdiyok 47', 63', Masharipov 50'
24 avgust 2020 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 18:30 ("Mahalla TV" LIVE)
Hakamlar:
Vadim Agishev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Rustam Lutfullin
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Erkin Baxtiyorov 

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran (99.Javohir Sidiqov, 46), 11.Igor Sergeev (77.Eren Derdiyok, 46), 15.Egor Krimec (23.SHerzod Azamov, 46), 17. Dostonbek Hamdamov (8.Asadbek Sobirjonov, 68), 20.Odiljon Hamrobekov (21.Abror Ismoilov, 62), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Akrom Komilov, 7.Sadriddin Abdullaev, 29.Vladimir Kozak.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 4.SHahzod SHaymanov (6.Davron Umirov, 54), 7.Kaxi Maxaradze, 8.Vadim Afonin ( 18.Ibrohim G'anixonov, 68), 10.Marat Bikmaev (83.Asadbek Ergashev, 35), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (9.Kirill Pogrebnyak, 68), 25.Javohir Alijonov (19.Avazbek O'lmasaliev, 54), 26.Dilshodjon Komilov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 77.Diyor Turopov, 80.Farruh Ibrohimov.
Zaxira: 13.Rustam Nartadjiev, 5.Slavko Damyanovich, 37.SHerzod Fayziev, 52.Jaloliddin Jumaboev.

Ogohlantirish: Egor Krimec (4), Javohir Sidiqov (52), Davron Umirov (77), Avazbek O'lmasaliev (81). 


Paxtakor

Dragan CHeran - 12', Igor Sergeyev - 13', Igor Sergeyev - 28', Dostonbek Hamdamov - 31', Eren Derdiyok - 47', Jaloliddin Masharipov - 50', Eren Derdiyok - 63'

Superliga. 12-tur

24/08/2020, 18:30

0
:
7
Tugadi

Lokomotiv

45'
90'
12'  Dragan CHeran
12'  Dostonbek Hamdamov
13'  Igor Sergeyev
28'  Igor Sergeyev
28'  Sardor Sobirxo’jayev
31'  Dostonbek Hamdamov
31'  Jaloliddin Masharipov
46'  Igor Sergeyev (Eren Derdiyok)
46'  Dragan CHeran (Javohir Sidiqov)
46'  Egor Krimets (Sherzod A’zamov)
47'  Eren Derdiyok
47'  Xozhiakbar Alizhonov
50'  Jaloliddin Masharipov
52'  Javohir Sidiqov
63'  Eren Derdiyok
63'  Jaloliddin Masharipov
68'  Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirzhonov)
54'  Shahzod Shaymanov (Davron Umirov)
54'  Javohir Alijonov (Avazbek O'lmasaliev)
68'  Vadim Afonin (Ibrohim G'anixonov)
68'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Kirill Pogrebnyak)
77'  Davron Umirov
81'  Avazbek O'lmasaliev

"Lokomotiv"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev

Andrey Fyodorov o'yinni stadionda kuzatib bormoqda.

Bugun gol urgan hujumchilar - Igor Sergeev va Dragan CHeran.

Aka-uku Alijonovlar - Hojiakbar va Javohir.

Fotosuratlar muallifi: Jahongir Fayzullaev 

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика