So’nggi yangiliklar

23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  3 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  4 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  3 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  1 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  5 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  3 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  7 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  5 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4 19:26"Бавария" ПСЖ футболчисини 90 млн. еврога сотиб олмоқчи, аммо бир йилдан сўнг  5 19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  3 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  18 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  18 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" OKMK ustidan irodali g'alabaga erishdi, Dilshod Saitovdan 2 ta assist! Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" OKMK ustidan irodali g'alabaga erishdi, Dilshod Saitovdan 2 ta assist!

Coca Cola Superligasi 7-turidan o'rin olgan markaziy bellashuv yakuniga etdi.

Coca Cola Superligasi. 7-tur

OKMK – "Paxtakor" 1:2 

22 aprel. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:10

Gollar: Xurshid G'iyosov 47' – Dragan CHeran (Dilshod Saitov) 65', Azizbek Turg'unboev (Dilshod Saitov) 85'

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, Farruh Yansupov 

VAR hakami: Asker Najafaliev 

AVAR: Sanjar SHoyusupov

Nazoratchi: Zokir Qodirov  

Komissar: Zoxir Akramxonov

OKMK: 25.Valijon Rahimov (1.Botirali Ergashev, 90), 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov (s), 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 8.Abdulla Abdullaev (19.Muhammadanas Hasanov, 90), 9.Ruben Sanches (88.Siyavash Haqnazariy, 80), 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov, 22.SHohruh Gadoev ( 11.Irakli Ruxadze, 90), 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 80)

Zaxira: 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldorbek Begimov, 29.Vitaliy Denisov, 44.Muhammad Ali Salim

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev, 10.Dragan CHeran (s), 17.Doston Hamdamov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev, 77.Dilshod Saitov, 88.SHahzod Azmiddinov

Zaxira: 33.Eldorbek Suyunov, 6.Muhammadali O'rinboev, 9.Sardor Rashidov, 12.Sunnatilla Poyonov, 16.Rustam Turdimurodov, 28.Diyor Xolmatov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov

Ogohlantirishlar: Ruben Sanches (27), SHahzod Azmiddinov (34), Dragan CHeran (55), Muhammadqodir Hamraliev (60).


BAHS YAKUNLANDI! OKMK g'alabani qo'ldan chiqardi. Dilshod Saitov uzoq tanaffusdan keyin maydonga qaytishini 2 ta assist (dubl) bilan qarshi oldi.

90+3. Zarbaaaa! Hamralievning uzoqdan bergan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi. Ergashev vaziyatni nazorat qilib turganini qayd etish joiz. 

90+2. Oybek Rustamov qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va o'z xatosini o'zi to'g'riladi. Dragan CHeran unga nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi. 

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

90. OKMKda 3 ta o'zgarish: Rahimov o'rniga Ergashev, Abdullaev o'rniga Hasanov, Gadoev o'rniga Ruxadze o'yinni tugatib qo'yadi. 

85. GOOOOOOOOOOOOL! Dilshod Saitovning uzatmasidan keyin Azizbek Turg'unboev bosh bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:2! 

84. Valijon Rahimov erkin zarba orqali to'pni "Paxtakor" azolariga etkazib berdi... 

82. OKMK tinimsiz pressing uyushtirmoqda. 

80. Sanches o'rniga Haqnazariy,  Boake o'rniga Mirahmadov o'yinga qo'shildi.

74. "Paxtakor" o'yini keskin kuchaydi. Navbatdagi epizodda Abdulla Abdullaev Dragan CHeranga nisbatan qo'pollik ishlatdi.   

72. Uuux! Valijon Rahimov darvozani tark etib, jamoasini mushkul holatda qutqardi. Ammo u tepgan to'p Sardor Sobirxo'jaevga kelib tushdi. Yarim himoyachi bo'sh qolgan darvozani poylashga urindi, ammo noaniq.

70. Aziz Turg'unboev to'pni to'xtatish chog'ida qo'l bilan o'ynab yubordi. 

68. Uuux! Dragan CHeranning bosh bilan bergan navbatdagi zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. 

65. GOOOOOOOOOOL! Saitovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Dragan CHeran bosh bilan gol urib, muvozanatni tikladi – 1:1!

62. Azmiddinov katta tezlikda oldinga yugurgan Gadoevdan oldinroq to'pga ega chiqdi va uni "sherlar"ga qaytardi. 

60. Muhammadqodir Hamraliev SHohruh Gadoevga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

59. Hakam Boake sal oldinroq Hamralievga nisbatan qoida buzilgan deb topdi. Xullas, kelgan yo'limizdan davom etamiz. 

57. Hakam VAR'ni tingladi, keyin esa o'zi VAR monitori tomon otlandi. 

55. Dragan CHeranga tinimsiz etiroz uchun sariq kartochka berildi.  

53. Sanjar Quvvatov to'p ilib olgach, chiziqdan chiqib ketdi. SHu bois jarima belgilandi.

49. Zarba! Dragan CHeranning zarbasidan so'ng Valijon Rahimov to'pni qiyinchiliksiz ushlab oldi. 

47. GOOOOOOOOOL! Gadoevning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni orqali Xurshid G'iyosovga kelib tushdi va u hisobni ochdi – 1:0! 

46. Zarbaaa! Dragan CHeranning olis masofadan yo'llagan zarbasini Rahimov musht bilan qaytardi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45+1. Hakam bir necha soniyaga o'yinni to'xtatdi va VAR bilan suhbatlashib oldi. 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Hojiakbar Alijonov jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam "o'rningdan tur", deya uqtirdi. 

42. OKMK sobiq futbolchisi, "Paxtakor" azosi Georgiy Papava o'yinni stadionda tomosha qilmoqda.

40. OKMKning burchak zarbasidan samara chiqmadi. "Paxtakor" himoyachilari to'pni uzoqlashtirishdi.

34. SHahzod Azmiddinov G'iyosovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochka oldi. 

33. Uuuux! Qanday vaziyat! Sayfievning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng Dragan CHeran to'pni boshi bilan darvozaga burib qo'ymoqchi bo'ldi, biroq rejasi o'xshamay qoldi.  

30. Vau! Komilovning uzatmasidan keyin mudofaa vakili Anzur Ismoilov bosh bilan zarba yo'lladi, sal noaniq.  

29. Dilshod Saitov o'ng qanotdan zo'r reydni amalga oshirib, ichkariga pas berdi. Ammo Rahmonov qarshiligi oqibatida to'p uzoqlashdi. Keyin Hamrobekovning zarbasidan so'ng to'p narigi mahallaga uchib bordi. 

27. Qo'pol harakat qilgan Ruben Sanches ogohlantirildi. 

27. Turg'unboev tibbiy yordamga muhtoj holda yotibdi. Hakam VAR'ni tinglayapti.

24. Zarba! Gadoevning havodan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, shundan so'ng Anzur Ismoilov ham darvozani nishonga olishga harakat qildi, amml to'p noaniq ko'rinish oldi.

23. Hamraliev maydon markaziga yaqin hududda Sanchesga nisbatan qoidani buzdi. 

20. Uuuux! Gadoevning zarbasidan so'ng Boake to'pni tegib, yo'nalishini darvoza tomon burishga urindi, ammo to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.  

20. Zarba! SHohruh Gadoev katta tezlikda oldinga borib, raqib jarima maydonchasiga kirdi va o'ng oyoqda zarba yo'lladi, noaniq. 

18. Hamrobekovning uzatmasini Turg'unboev to'xtata olmadi. Agar buning uddasidan chiqqanida, xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. 

16. Turg'unovning aqlli pasidan keyin Alijonovning zarbasi o'xshamadi. 

12. Ruben Sanches bosh bilan zarba yo'llayman deb, Hamrobekovning ustiga chiqib ketib qolishiga oz qoldi. Hakam qoida buzish qayd etdi. 

11. Komilovning ichkariga oshirib bergan to'pini Sayfiev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, olmaliqliklarda "korner".

10. Azmiddinovning texnik xatosidan unumli foydalangan G'iyosov jamoasi foydasiga "aut" ishladi. 

7. Zarba! Hojiakbar Alijonov 20 metrdan darvozani poylab ko'rdi – sal aniqlik etishmadi.  

7. SHahzod Azmiddinov SHohruh Gadoevga nisbatan qo'pollik ishlatdi va hakamga etiroz bildirishga ham ulgurdi. 

5. "Paxtakor" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Hujum so'ngida Hojiakbar Alijonov 17 metrdan zarba yo'lladi. Ammo keyinroq malum bo'ldiki, Alijonov qoidani buzgan.  

2. Bahsni OKMK boshlab berdi. 

1. Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

- Uchrashuv 18:10 da start oladi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика