So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  2 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Coca Cola Superligasi. Qorli o'yinda "Bunyodkor" "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Qorli o'yinda "Bunyodkor" "Navbahor"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 9-daqiqada Sanjar Qodirqulov chap qanotdan erlatib to'pni markazga uzatdi, Nurillo To'xtasinov taxminan 18 metrlardan darvozani aniq nishonga oldi - 1:0.

22-daqiqada Abbos G'ulomov birga bir vaziyatda zarba berdi, Abdumavlon Abdujalilov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni yana G'ulomov darvozaga yo'lladi, bu safar ham Abdujalilov to'pni ushlab oldi.

34-daqiqada Azizbek Turg'unboev 16 metrlardan belgilangan jarima to'pini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi - 1:1.

41-daqiqada Dilshodbek Ahmadalievning zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

Birinchi taymda 1:1 hisobi qayd etildi.  

57-daqiqada Ahmadalievning ajoyib zarbasini Yusupov katta qiyinchilik bilan qaytardi.

67-daqiqada belgilangan penaltini Xurshid G'iyosov aniq amalga oshirdi - 2:1.

90-daqiqada "Navbahor"ning hujumi vaqtida to'p Tursunovning qo'liga tekkandek ko'rindi, mehmon jamoa futbolchilari hakamlarga etiroz bildirishdi. Takroriy lavhalarda to'p qo'lga tegmaganligi ko'rindi.

Uchrashuvda "Bunyodkor" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.



"BUNYODKOR" - "NAVBAHOR" 2:1
24 noyabr. Toshkent. "Bundkor" stadioni. 16:45
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Farhod Usmonov, Zufar Aliboev, Ravshan Abduvohidov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Sardor Qudratullaev
Gollar: Nurillo To'xtasinov 9, - 1:0 (Sanjar Qodirqulov). Azizbek Turg'unboev 34, - 1:1. Xurshid G'iyosov 67 penalti, - 2:1.
"Bunyodkor":
Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G'ofurov, Dilshod Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov (Sanjar Tursunov, 71), Javohir Qahramonov, Lutfulla To'raev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To'xtasinov, SHohruh Gadoev, Sanjar Rixsiboev (Jasurbek Jaloliddinov, 49) (Vladislav Nuriev, 90+2).
Zaxira: Murodjon Zuhurov, Boburbek Farhodov, Mirjahon Mirahmadov, Dmitriy Ostrovskiy, Muhammadodil Qahramonov, Farrux Ikromov.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Ivan Solovev (Ayubxon No'monov, 76), Azizbek Turg'unboev, Aleksandr Kasyan, Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, G'iyosjon Komilov, Abbosjon G'ulomov (Aziz Ibragimov, 62), Nodir Mavlonov, Amirbek Jo'raboev (SHahzod SHaymanov, 59).
Zaxira: Dilshod Hamroev, Slavko Lukich, Abdulhay Ismoilov, Hojiakbar Yunusov, Komiljon Tojiddinov, Ilhomjon Aliboev.

Ogohlantirishlar: Aleksandr Kasyan 9, Islom Qobilov 14, Nodir Mavlonov 55, Igor Golban 82, Mirzohid G'ofurov 90+1.


Bunyodkor

Nurillo To'xtasinov - 9', Xurshid G’iyosov - 67'

Superliga. 24-tur

24/11/2019, 16:45

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Azizbek Turg’unboyev - 34'

45'
90'
9'  Nurillo To'xtasinov
9'  Sanzhar Qodirqulov
67'  Xurshid G’iyosov
34'  Azizbek Turg’unboyev



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика