Coca Cola Superligasi. 17-tur laureatlari
01 sen 2022 11:48
Yangiliklar
Coca Cola Superligasi. 17-tur laureatlari
"Lokomotiv" bu tur "Nasaf" bilan murosa ko'chasini tanladi – 0:0. "Temiryo'lchilar" posboni shu kuni o'z mahorati va darajasini ko'rsatib, darvozani munosib ravishda qo'riqladi. SHu bois, "Lokomotiv" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 17-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
"Olimpik" mazkur turda kuchlilar qatorida borayotgan Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bilan bahs olib borib, 1:0 hisobida ustun keldi. Timur Kapadze shogirdlari shu kuni yorqin o'yin namoyish qilishdi va haqli g'alabaga erishishdi. SHunday qilib, Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, Timur Kapadze 17-turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi.
Bu turda "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov "Navbahor"ga qarshi "yil to'qnashuvi"da o'ziga xos zarbasi orqali tur goliga mualliflik qildi.
"Neftchi" yarim himoyachisi Abror Ismoilov "Qizilqum"ga qarshi bellashuvda dubl qayd etib, farg'onaliklarga muhim g'alaba keltirdi. 24 yoshla xavbek o'yinda belgilangan penaltini muvaffaqiyatsiz amalga oshirganiga qaramasdan, uchrashuvda 2 ta gol urishga erishdi va Championat.asia talqiniga ko'ra 17-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar