Coca Cola Superliga. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvida oltita gol urildi
20 avg 2020 20:55
Yangiliklar


Coca Cola Superliga. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvida oltita gol urildi
Coca Cola Superliga. 11-tur
20 avgust, payshanba
19:00 - SO'G'DIYONA – BUNYODKOR 3:3
Hakamlar: SHerzod Qosimov, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Sidorov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: SHohruh Said
Gollar: Javohir Qahramonov 34, - 1:0 (Jasur Hasanov). Nurillo To'xtasinov 35, - 1:1 (Xurshid G'iyosov). SHohruz Norxonov 39, - 2:1. Xurshid G'iyosov 48, - 2:2 (Farrux Ikromov). Lutfulla To'raev 52, - 2:3 (Ibrohimhalil Yo'ldoshev). SHohruz Norxonov 77 penalti, - 3:3.
«So'g'diyona»: 27.Milan Mitrovich, 3.Iskandar SHoyqulov, 4.Elyor Orifov, 5.Ayubxon No'monov (17.Ivan Nagaev, 63), 8.Jamshid Boltaboev (7.Sanjar Rashidov, 83), 10.SHohruz Norxonov (20.Bahodir Nasimov, 83), 11.Jasur Hasanov, 18.SHavkat Mullajonov (12.Sanat SHixov, 54), 19.Javohir Qahramonov (21.Sahob Rashidov, 83), 22.SHahboz Jo'rabekov, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 2.Sardor Qulmatov, 14.Daniel Nasriddinov, 25.Nodirbek Qo'yboqov.
«Bunyodkor»: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 6.Anvar G'ofurov, 10.Xurshid G'iyosov, 13.Lutfulla To'raev, 14.Mirjahon Mirahmadov (90.SHahboz Erkinov, 66), 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Abdulla Abdullaev, 48.Valeriy Akopov (49.Farrux Ikromov, 46).
Zaxira: 25.Akobir Qayumov, 20.Vladislav Nuriev, 21.G'ulom-Haydar G'ulomov, 24.Bahodir Pardaev, 34.Suhrob Izzatov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 77.Selim Nurmuradov.
Ogohlantirishlar: Lutfulla To'raev 43, Ibrohimhalil Yo'ldoshev 66, Jamshid Boltaboev 70,
So'g'diyona ZHavohir Qahramonov - 34', Shohruz Norxonov - 39', Shohruz Norxonov - 77' |
Superliga. 11-tur 20/08/2020, 19:00 3
:
3
Tugadi
|
Bunyodkor Nurillo To'xtasinov - 35', Xurshid G’iyosov - 48', Lutfulla To’rayev - 52' |
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
90+4 Uchrashuv yakunlandi. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 3:3
90+3. ZARBAAA! Jo'rabekov jarima to'pini amalga oshirdi, Abdujalilov o'z o'rnida
90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi
90. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! To'raevning ajoyib to'p uzatishidan keyin, Farruh Ikromov zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi!
87. O'zgarish. "Bunyodkor". Xurshid G'iyosov o'rniga Nurmurodov tushdi
86. "Bunyodkor" gol urib g'alaba qozonishni ko'proq istamoqda
83. O'zgarishlar. "So'g'diyona". Norxonov o'rniga Nasimov, Qahramonov o'rniga Sahob Rashidov, Boltaboev o'rniga Sanjar Rashidov tushdi
80. ZARBA! Qodirqulovning 17 metrdan yo'llagan zarbasini Mitrovich qaytardi!
77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 3:3! SHohruz Norxonov 11 metrli jarima to'pidan gol urdi!
76. Ogohlantirish. "Bunyodkor" Abdulla Abdullaev
76. PENALTI! "Bunyodkor" darvozasi tomon
70. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Jamshid Boltaboev
68. ZARBAAAAA! Farruh Ikromov hozir o'ng tomondan jarima maydoniga kirib bordi va chap oyoqda zarba berdi, noaniq!
66. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Ibrohimhalil Yo'ldoshev
66. O'zgarish. "Bunyodkor". Mirahmadov o'rniga Erkinov
64. ZARBAAAA! SHixovning chap qanotdan uzatgan ideal to'p uzatishini Boltaboev noaniq zarba bilan tugatdi
63. O'zgarish. "So'g'diyona". Nomanov o'rniga Nagaev
54. O'zgarish. "So'g'diyona". Mullajonov o'rniga SHixov
52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! CHap tomondan uzatilgan to'pni Lutfulla To'raev darvozaga yo'lladi, Mitrovich to'pni qaytardi, ammo to'p aylanib baribir darvoza ichiga kirdi - 2:3.
51. ZARBAAAA! Nurillo To'xtasinov sheriklari boshlagan hujumni aniq yakunlay olmadi!
48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ikromovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Xurshid G'iyosov darvozaga yo'lladi - 2:2.
46. O'zgarish. "Bunyodkor". Akopov o'rniga Ikromov tushdi
46. Ikkinchi taym boshlandi
45. Birinchi taym tugadi. Hozircha 2:1, "So'g'diyona" oldinda
43. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Lutfulla To'raev
39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jasur Hasanov burchakdan uzatgan to'pini SHohruz Norxonov boshi bilan "Bunyodkor" darvozasiga ikkinchi golni urdi - 2:1.
35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! G'iyosovning to'p uzatishidan keyin Nurillo To'xtasinov hisobni tenglashtirdi - 1:1
34. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Javohir Qahramonov Jasur Hasanov uzatgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'laldi - 1:0.
32. "Bunyodkor"ning navbatdagi hujumi, o'ng tomondan tashkil etildi, to'p Mitrovich qo'liga borib tushdi
Aytgancha 10-turda urilgan eng chiroyli gollarni tomosha qiling: VIDEO
30. ZARBAAAAA! O'tgan tur ikkita ajoyib gol urgan Nurillo To'xtasinov uzoq masofadan zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi
28. To'p nazorati asosan "Bunyodkor" tomonida
24. To'g'risi uchrashuv tempi juda ham past, jamoalar maydonda yugrishini istashmayapti
17. "Bunyodkor"da jarima to'pi tepish imkoniyati, biroq oldindan o'ylagan reja amalga oshmadi va to'p shunday raqibga topshirildi
15. O'yin shiddati u qadar yuqori emas. Jamoalar hozircha ko'p xato qilishmoqda
7. Burchak to'pidan keyin "So'g'diyona"da imkoniyat bo'ldi, ammo darvozaga aniq zarba yo'llanmadi
6. Jizzaxliklarda jarima to'pi, Jasur Hasanovning yo'llagan zarbasidan keyin to'pni himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
2. ZARBA! Burchak to'pini "Bunyodkor" amalga oshirdi, Qobilovning kuchsiz zarbasini Mitrovich ushlab oldi
1. Uchrashuv boshlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar