So’nggi yangiliklar

00:30"Тоттенхэм" янги бош мураббийи учун 10 млн товон пули тўлайди  0 00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  0 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  1 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  2 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  3 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  11 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  3 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  9

Coca Cola Superliga. "Paxtakor" "Nasaf"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Paxtakor" "Nasaf"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Coca Cola Superliga 11-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga, 11-tur
PAXTAKOR – NASAF 4:1 

Gollar: CHeran 32, 52, 67, Sergeev 65, Azamov 68 (avtogol).
21 avgust 2020 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00. "SPORT TV LIVE"
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Husniddin SHodmonov, Ruslan Serazitdinov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov (4.Akrom Komilov 70), 9.Jaloliddin Masharipov (17.Dostonbek Hamdamov 62), 10.Dragan CHeran (8.Asadbek Sobirjonov 76), 11.Igor Sergeev ( 77.Eren Derdiyok 70), 15.Egor Krimec, 20.Odiljon Hamrobekov, 21.Abror Ismoilov (27.Sardor Sobirxo'jaev 62), 23.SHerzod Azamov, 34.Farruh Sayfiev, 99.Javohir Sidiqov.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, , 5.Anzur Ismoilov, 7.Sadriddin Abdullaev, 29.Vladimir Kozak.

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Dilshod Rahmatullaev, 8.Dilshod Saitov (14.SHarof Muhitdinov 46), 10.Bobir Abdixoliqov (19.Husain Norchaev 46), 15.Jo'rabek Mannonov (6.Murod Xo'jamberdiev 80), 20.Islom Kenjaboev, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (17.Faysal Traore 65), 88.Marko Stanoevich (22.Akmal Mozgovoy 65)
Zaxira: 21.Mashhur Muhammadjonov, 25.Muhriddin Zoirov, 50.SHoxmalik Komilov, 70.Abubakrizo Turdaliev.

Ogohlantirishlar: Ismoilov 39, Krimec 49.

Paxtakor

Dragan CHeran - 32', Dragan CHeran - 52', Igor Sergeyev - 65', Dragan CHeran - 67', Sherzod A’zamov - 68'

Superliga. 11-tur

21/08/2020, 19:00

1
:
4
Tugadi

Nasaf

45'
90'
32'  Dragan CHeran
39'  Abror Ismoilov
49'  Egor Krimets
52'  Dragan CHeran
62'  Jaloliddin Masharipov (Dostonbek Hamdamov)
62'  Abror Ismoilov (Sardor Sobirxo’jayev)
65'  Igor Sergeyev
67'  Dragan CHeran
68'  Sherzod A’zamov
70'  Xozhiakbar Alizhonov (Akrom Komilov)
70'  Igor Sergeyev (Eren Derdiyok)
76'  Dragan CHeran (Asadbek Sobirzhonov)
46'  Bobir Abdixoliqov (Husayin Norchaev)
46'  Dilshod Saitov (Sharof Muhitdinov)
65'  Oybek Bozorov (Faysal Traore)
65'  Marko Stanoevich (Akmal Mozgovoy)
80'  ZHo'rabek Mannonov (Murodbek Rahmatov)


O'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi


MATNLI TRANSLYACIYA


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Paxtakor" g'alaba qozonib, navbatdagi uch ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi va birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

90. Hakam ikkinchi bo'lim uchun uch daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

89. Sobirjonovning chap oyoqda bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Ammo biroz noaniq. 

84. Norchaevning bergan zarbasini Suyunov egallab oldi. 

TELEGRAM KANALIMIZDA HAZIL POST: Kayfiyatni ko'taring. SHerzod Azamov 4 yillik tanaffusdan so'ng "Nasaf" uchun gol urdi)

81. Har ikki jamoa murabbiylari 5 tadan o'zgarishni amalga oshirishdi. 

80. Mannonov o'rniga Xo'jamberdiev maydonga tushirildi.

78. "Nasaf" futbolchilari oldinga intilishmoqda. 

76. "Paxtakor" safida CHeran o'rniga Asadbek Sobirjonov maydonga tushdi.

70. "Paxtakor" safida o'zgarishlar: Alijonov o'rniga Komilov, Sergeev o'rniga Derdiyok o'yinni davom ettiradi. 

68. GOOL! AVTOGOL! SHerzod Azamov o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi - 4:1!

(Foto: Tolibjon Qosimov)


67. Yana bitta GOOL! Dragan CHeranning zarbasi rekoshet orqali raqib darvozasiga kirdi - 4:0! Sekinroq yigitlar, ulgura olmayapmiz)

65. GOOL! Igor Sergeev penaltini aniq amalga oshirdi - 3:0!

65. "Nasaf"da ikkita o'zgarish. Bozorov o'rniga Traore, Stanoevich o'rniga Mozgovoy maydonga tushdi. 

64. Yana penalti! Bu safar Stanoevich Hamrobekovga qarshi o'yin qoidasini buzdi.

62. "Paxtakor"da ikkita o'zgarish. Masharipov o'rniga Hamdamov, Ismoilov o'rniga Sobirxo'jaev o'yinni davom ettiradi.

(Foto: Tolibjon Qosimov)


59. "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida Sayfiev va Aliqulov to'qnashuvi bo'ldi. Mehmonlar futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

56. Xavfli vaziyatttt! "Nasaf" futbolchilari chap qanot orqali ajoyib hujum uyushtirishgandi. Ammo yakuniy zarbani raqib darvozasi tomon yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

53. GOOOL! CHeran Masharipovning chap qanotdan etkazib bergan to'pini boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi - 2:0!

50. "Nasaf" futbolchilarining jarimadan bergan zarbasi jonli devorga tekkan holda Eldorbek Suyunovning qo'liga borib tushdi.

(Foto: Tolibjon Qosimov)


49. Egor Krimec raqib futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

48. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ikkinchi bo'limni ikkta ketma-ket hujum bilan boshlashdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus vaqtida "Nasaf" ikkita o'zgarishni amalga oshirdi. Bobir Abdixoliqov o'rniga Husayn Norchaev, Dilshod Saitov o'rniga SHarof Muhiddinov o'yinni davom ettiradi.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Zarbaaaa! Hamrobekovdan ajoyib zarba!!! "Nasaf" posboni ajoyib harakat qildi va zarbani bartaraf etdi. 

44. "Nasaf" o'z omadini tezkor qarshi hujumlar orqali izlamoqda.  

(Foto: Tolibjon Qosimov)


43. "Paxtakor"ning o'ng qanot orqali uyushtirmoqchi bo'lgan hujumi samarsiz yakunlandi. 

40. Eldor Suyunov jarima zarbasidan berilgan to'pni osonlik bilan egallab oldi. 

39. "Ajdarlar"ning qarshi hujumini to'xtatgan Abror Ismoilovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

34. "Nasaf"ning hujumi samarasiz yakunlandi. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)


32. GOOOL! 11 metrlik jarima zarbasini esa CHeran aniq amalga oshirib, hisobni ochmoqda! 

31. Penalti! Sergeevga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.

28. Hamrobekovning bergan zarbasi biroz noaniq. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)


24. "SHerlar" oldinga borishmoqda.

18. "Paxtakor"ning hujumiii... Igor Sergeev raqib posboni bilan to'qnashdi. Abduvohid Nematovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

15. Marko Stanoevichning bergan zarbasi juda-juda noaniq bo'ldi.

7. To'p nazorati asosan toshkentliklar tomonda.

3. Dastlabki hujum "Paxtakor" futbolchilari tomonidan uyushtirildi. Sayfievning bergan zarbasi noaniq. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Turning markaziy uchrashuvi boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика