So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

Coca Cola Superliga. "Metallurg" o'z maydonida "Bunyodkor"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Metallurg" o'z maydonida "Bunyodkor"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Coca Cola Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatish va gollarni tomosha qilib borish mumkin. 



Coca Cola Superliga, 2-tur

METALLURG – BUNYODKOR 1:0
16 mart 2021 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni.
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, SHuxrat Rajabov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Bekzod Aripov 

Gol: SHahzodbek Nurmatov 5, - 1:0, 

Amalga oshirilmagan penalti: Stanislav Andreev 15 (darvozabon)

"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 4. Odilbek Abdumajidov, 8. Salamat Quttiboev, 10. SHahzodbek Nurmatov, 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 21. Kamoliddin Tojiev, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 28. Stanislav Andreev, 34. Evgeniy Makeev, 55. Akbar Ismatullaev, 98. Damir Temirov.
Zaxira: 1. Akmal Tursunboev, 6. Nikita Pavlenko, 7. Doniyor Narzullaev, 15. Zohid Abdullaev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 48. Dilshod Rahmatullaev.

"Bunyodkor": 1. Ravshan Yagudin, 4. Davronjon Ergashev, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 8. Sanjar Rashidov, 10. Xurshid G'iyosov, 13. Lutfulla To'raev, 17. Odiljon Abdurahmonov 19. Nurillo To'xtasinov, 26. Ulug'bek Abdullaev, 30. Abdulla Abdullaev, 49. Ibrohim Tomiva.
Zaxira: 91. Zafar Safaev, 6. Avazbek O'lmasaliev, 9. Farrux Ikromov,14. Mirjahon Mirahmadov, 22. SHahboz Erkinov, 34. Suhrob Izzatov, 37. Muhammadodil Qahramonov.



YANGILASH



O'yin yakunlandi. Ajoyib o'yin uchun ikki jamoaga ham minnatdorchilik bildiramiz. 

Uchrashuvga olti daqiqa qo'shib berildi. 

85. OGOXLANTIRISH. "Bunyodkor" bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov ham hakam tomonidan ogoxlantirildi. 

O'ZGARISH. Ixtiyor Toshpo'latov o'rniga Dilshod Rahmatullaev maydonga tushdi. 

80. GOOL. "Metallurg"ning goli hisobga olinmadi. Burchakdan uzatilgan to'pni Odil Abdumajidov boshi bilan darvozaga yo'llagandi. Ammo hakam hujumda fol deb topdi.

76. O'ZGARISH. "Metallurg" Abror Toshqo'ziev o'rniga SHahzod G'ofurbekov maydonga tushdi. 

74. Qanday vaziyayayayayayat. Qanday qilib bo'sh darvozaga gol ura olmaslik mumkin? Ibrohim Tomiva bo'sh darvoza turganda darvoza ustunini nishonga oldi. O'yindan tashqari holat bor edimi? Fikrimizcha yo'q. 

FAAAARUX IKROMOOOOV. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchi "Bunyodkor"ning o'yinini jonlantirdi

"Bunyodkor" so'nggi daqiqalarda bosimni oshirdi. Vaziyatlar yaratishga urinmoqada.

69. OGOXLANTIRISH. "Metallurg"dan Evgeniy Makeev ogoxlantirildi. 

Quyida aytib o'tganimizdek Abramov ham uchrashuvni kuzatmoqda. 


Endilikda Ikromov qanotga yo'l oladi, To'xtasinov esa markazga o'tadi. Taktik o'zgarish ham yuz berdi. 

63. O'ZGARISH. Farrux Ikromov maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Sanjar Rashidov maydonni tark etdi. Uning o'rnida Ikromov o'yinni davom ettiradi. 

"Bunyodkor" tempni oshirmoqda. 

60. O'ZGARISH. Lutfulla To'raev o'rniga Suhrob Izzatov maydonga tushdi. 

59. ZARBAAAAAA, Tomivaaaaaa. Nigeriyalik hujumchi "Metallurg" himoyasini yorib o'tib zarba berdi. Lekin juda kuchli va noaniq. 

55. O'ZGARISH. Nurmatov o'rnida o'yinni Doniyor Narzullaev davom ettiradi. 

53. SHahzod Nurmatovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchi almashtiriladi. 

48. OGOXLANTIRISH. Hakamga etiroz bildirgani uchun Marat Miftaxuddinovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45. "Bunyodkor" bo'lim so'ngida ancha faollashdi. 

43. ZARBAAA. Maydon egalaridan Damir Temirovning kuchli zarbasi darvozaning tepasidan o'tib ketdi. 

"Metallurg" jamoasi himoyada bexato o'ynamoqda. 

41. Mehmonlar to'pni nazorat qilishayotgan bo'lsada keskin vaziyatlar kam yaratishmoqda. Birinchi bo'lim tugashiga esa oz qoldi. 

38. ZARBAAAA. Ixtiyor Toshpo'latovning zarbasini Yagudin ushlab oldi. O'yindagi ustunlik "Metallurg" tomonida. 

33. O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov "Metallurg" - "Bunyodkor" uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatmoqda. Terma jamoaning mart oyidagi yig'iniga "Bunyodkor"dan bitta futbolchi chaqirilgan. "Metallurg"dan esa chaqirilmagan. 

25. Mehmonlar to'pni nazorat qilmoqda. Lekin hujumlarning yakuni yo'q. 

21. "Metallurg"ning o'ng qanoti bugun juda faol. Bekobodliklar futbolchisining o'ng qanotdan oshirgan to'pni Yagudin osonlikcha egallab oldi. 

20. OGOXLANTIRISH. Stanislav Andreev hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

19. "Bunyodkor" jamoasi o'yin nazoratini qo'liga oldi va hisobni tenglashtirishga urinmoqda. 


15. ZARBAAAAAAAAAAAAA! YAGUDIIIIIN! Stanislav Andreevning 11 metrli jarimadan yo'llagan zarbasini Ravshan Yagudin qaytardi

14. "Bunyodkor" darvozasiga penalti belgilandi. Yagudin Nurmatovni yiqitdi

5. GOOOOOOOOOOOOOL. "Metallurg" hujumchisi SHahzod Nurmatovning uzatmasi golga aylandi. Aniqrog'i futbolchi to'pni jarima maydonchasiga uzatdi va uzatma kutilmaganda supergolga aylandi. 





3. Ilk daqiqalardan o'yin tempi baland. 

Uchrashuvga start berildi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Stadion uzra O'zbekiston Davlat madhiyasi yangradi. 

Jamoalar chigalyozdi mashg'ulotlarni o'tkazib bo'lishdi. 

O'yin boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. 

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика