Coca Cola Superliga. “Buxoro” so'nggi soniyalardagi gol evaziga “Andijon” bilan o'yinda durangga erishdi
15 iyu 2020 20:23
Yangiliklar


Coca Cola Superliga. “Buxoro” so'nggi soniyalardagi gol evaziga “Andijon” bilan o'yinda durangga erishdi
Coca Cola Superliga. 4-tur
15 iyun, dushanba
18:30 “Buxoro” — “Andijon” 2:2
Hakamlar: Asker Najafaliev, Temur Galeev, Doniyor Saylavov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Erkin Baxtiyorov
Gollar: Jasur Hakimov 21, - 1:0. Jamshid Hasanov 44 penalti, - 1:1. Jamshid Hasanov 55 penalti, - 1:2. Behruz Sadiloev 90+4, - 2:2.
"Buxoro": 25.SHohjahon Nasimov, 4.Mirjalol Jumaev, 7.Suhrob Nematov, 9.Jasurbek Hakimov, 16.Jasur Hasanov, 23.Behruz SHodmonov, 26.Abror Xusinov (5.Bobirjon Amanov, 76), 28.Ergash Ismoilov, 40.Azizbek Amonov (21.Abbosbek Jumaqulov, 82), 60.Boburbek Farhodov, 77.Izzat Abdullaev (17.Behruz Sadiloev, 82).
Zaxira: 20.Sardor Qobuljonov, 11.Zohir Pirimov, 19.Bekzod Sayidov, 29.SHahzod Beshimov, 33.Javohir SHodmonov, 98.Solibek Karimov.
"Andijon": 1.Aslonbek Ahrorov, 3.Azamat Isroilov, 4.Farhod Mirahmatov (25.Qahramon Bahodirov, 71), 5.Xushnudbek Avilov, 7.Jamshid Hasanov (27.Muhammadali Yuldashev, 81), 8.Farhodbek Bekmurodov, 10.Artyom Litvyakov (23.Timur Usmonov, 57), 14.Mishel Ibe (77.Jahongir Abdumo'minov, 57), 17.Abdullo Olimov (11.Siroj Meliev, 81), 22.Usmonali Ismonaliev, 88.Dmitro Zozulya.
Zaxira: 71.Islombek Abdullaev, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 9.Emmanuel Arivchukvu, 33.Doniyor Abdumannopov.
Ogohlantirishlar: Boburbek Farhodov 33, Behruz SHodmonov 50, Jasur Hakimov 53,
Buxoro Jasur Hakimov - 21', Behruz Sadilloyev - 90' |
Superliga. 4-tur 15/06/2020, 18:30 2
:
2
Tugadi
|
Andijon Jamshid Hasanov - 44', Jamshid Hasanov - 55' |
Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.
90+5. O'yin tugadi. "Buxoro" - "Andijon" 2:2.
90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Behruz Sadilloev so'nggi daqiqada gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi - 2:2
87. GOOOOOOOL "Buxoro" chiroyli gol urdi, lekin golgacha Jasur Hakimov himoyachini chiroyli tarzda yiqitdi va o'yin qoidasini buzib, gol hisobga olinmasligiga sababchi bo'ldi
82. O'zgarishlar. "Buxoro". Azizbek Amonov o'rniga Abbosbek Jumaqulov, Izzat Abdullaev o'rniga Behruz Sadiloev tushdi
81. O'zgarishlar. "Andijon". Jamshid Hasanov o'rniga Muhammadali Yuldashev, Abdullo Olimov o'rniga Siroj Meliev tushdi
77. ZARBA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Temur Usmonov erlatib zarba berdi, birozgina noaniq!
76. O'zgarish. "Buxoro". Abror Xusinov o'rniga Bobirjon Amanov tushdi
75. ZARBA! "Buxoro"ning uzoq davom etgan hujumi, Bobur Farhodovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi
71. O'zgarish. "Andijon". Farhod Mirahmatov o'rniga Qahramon Bahodirov
60. O'zgarish. "Buxoro". Nematov o'rniga Pirimov tushdi
60. Ogohlantirish. Timur Usmonov
57. "Andijon"da o'zgarishlar. Artyom Litvyakov o'z o'rnini Timur Usmanovga, Ibe esa Abdumo'minovga bo'shatib berdi
55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jamshid Hasanov o'yinda ikkinchi bor penaltidan gol urib dublga erishdi - 1:2.
PENALTI! 54. Abror Xusinov Jamshid Hasanovga qo'pollik qilgani uchun 11 metrli nuqta ko'rsatildi
53. Jasur Hakimov Usmonali Ismonalievga qo'pollik qilgani uchun ogohlantirildi
52. Izzatilla Abdullaevning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi
50. Bexruz SHodmonov Ibega ochiqchasiga qo'pollik qilgani uchun ogohlantirildi
49. Mirahmatovning chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatib bergan to'piga na Litvyakov, na Ibe etib keldi
47. Bobur Amonovning olisdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:1
44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jamshid Hasanov penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi - 1:1.
43. PENALTI! Jasur Hasanov mehmonlar vakili Ibe Mishelni yiqitgani uchun "Buxoro" darvozasi tomon penalti belgilandi.
41. Nematovning burchakdan oshirib bergan to'pini Ismonaliev qaytarishga erishdi
40. Jamshid Hasanovning o'ng qanotdan oshirib bergan to'piga Artyom Litvyakov bosh bilan zarba berdi, lekin salgina mo'ljalda adashdi
33. Ogohlantirish. "Buxoro" futbolchisi Bobur Farhodov maydon markazida Ibe Okoroga nisbatan qo'pollik qilgani uchun ogohlantirildi
30. ZARBA! Azizbek Omonovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi, anchagina noaniq
21. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jasur Hakimov darvoza tomon zarba berdi, to'pni Farhod Bekmurodov qaytardi. Bosh hakam to'p darvoza ichidan qaytarildi deb hisoblab golni inobatga oldi. Takroriy lavhalar vaziyatni to'liq ochib bera olmadi. Bizda hozircha VAR yo'q - 1:0.
14. ZARBA! SHodmonovning "Andijon" darvozasi tomon tepgan to'pini egallab olishda Aslanbek Ahrorov xatolikka yo'l qo'ygandi, keyin unga hujumchilar qo'pollik qilishgani uchun o'yin qoidasi buzildi deb topildi.
7-daqiqa: Jamshid Hasanovning raqib jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini Nasimov osonlik bilan egallab oldi
2. Jasur Hakimovning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Aslonbek Ahrorov osonlik bilan egallab oldi
1. Uchrashuv boshlandi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar