So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  7 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Coca Cola Superliga. Bugun Qo'qonda "Metallurg", Muborakda "Bunyodkor" mehmon bo'ladi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Bugun Qo'qonda "Metallurg", Muborakda "Bunyodkor" mehmon bo'ladi

Bugun Coca Cola Superliganing 15-turidan o'rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.



Coca Cola Superliga. 15-tur
QO'QON-1912 – METALLURG
16 sentyabr 2020 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 17:00
Hakamlar:
Rahim Karimov, Timur Galeev, Daler Tilloev, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
Komissar: Zohid Akramov

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 21 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 10ta o'yinda "Metallurg" g'alaba qozongan, 9ta bahsda "Qo'qon-1912" zafar quchgan. Yana ikki uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. "Metallurg" 33ta gol urib, 32ta gol o'tkazgan.

O'zaro o'tgan oxirgi uchta o'yinning barchasida "Metallurg" g'alaba qozongan.

Qo'qonda o'tgan 10ta o'yinning faqat bittasida "Qo'qon-1912" mag'lub bo'lgan (2019 yil).

Birinchi davrada Bekobodda o'tgan bahsda Stanislav Andreevning penaltidan urgan goli mezbonlarga g'alaba keltirgandi - 1:0.


Coca Cola Superliga. 15-tur
MASH'AL – BUNYODKOR
16 sentyabr 2020 yil. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:30
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Davronbek Akmalov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Ushbu klublar bugunga qadar 21 marta to'qnash kelishgan. 17ta o'yinda "Bunyodkor" g'olib bo'lgan, 2 marta "Mashal" zafar quchgan va 2ta uchrashuvda durang kuzatilgan.

"Mashal" bu jamoaga qarshi o'z maydonidagi oxirgi uchta o'yinning hech birida yutqazmagan - 2ta g'alaba, 1ta durang.

Dastlabki davrada Toshkentda kechgan bahsda Jasur Jaloliddinov tomonidan urilgan gol "qaldirg'ochlar"ga g'alaba keltirgandi - 1:0.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика