Coca Cola Superliga. Bugun "Buxoro" "Nasaf"bilan o'ynaydi, "Paxtakor" "Qizilqum"ga qarshi, Hamidullaev - Baqoev to'qnashuvi
18 okt 2020 10:34
Yangiliklar


Coca Cola Superliga. Bugun "Buxoro" "Nasaf"bilan o'ynaydi, "Paxtakor" "Qizilqum"ga qarshi, Hamidullaev - Baqoev to'qnashuvi
ANDIJON – SO'G'DIYONA
18 oktyabr 2020 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 15:30
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, SHohruh Azamov, SHohnur Yo'ldoshev, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Aleksandr Davidenko
"Andijon" so'nggi uchta turda umuman mag'lub bo'lmadi - 1ta g'alaba, 2ta durang. "So'g'diyona" ham uchta o'yindan buyon yutqazmayapti - 2ta g'alaba, 1ta durang.
Bu jamoalar hozirga qadar 41 marta to'qnash kelishgan. Natijalar mutlaqo tenglikni ko'rsatmoqda: Ikkala jamoa ham 16tadan g'alabaga erishishgan. 9 marta durang qayd etilgan. O'zaro o'yinlarda "Andijon" 60ta, "So'g'diyona" 58ta gol urgan.
O'zaro o'yinlarning so'nggi 4tasida "So'g'diyona" umuman mag'lub bo'lmagan - 2ta g'alaba, 2ta durang. "Andijon" bu raqibni so'nggi bor 2016 yilgi mavsumda o'z maydonida mag'lub etgan.
"So'g'diyona" oxirgi marta 2014 yilgi mavsumda Andijondan g'alaba bilan qaytgan.
Andijon Muhammadali YUldashev - 5' |
Superliga. 19-tur 18/10/2020, 15:30 1
:
1
Tugadi
|
So'g'diyona Marko Kolakovich - 75' |
BUXORO – NASAF
18 oktyabr 2020 yil. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:00
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Jaloliddin Husnitdinov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: SHohruh Said
"Nasaf" so'nggi 7ta turda umuman yutqazmadi - 5ta g'alaba, 2ta durang. "Buxoro" esa aksincha oxirgi 7ta o'yinda umuman g'alaba qozona olmadi - 2ta durang, 5ta mag'lubiyat.
Bu ikki klub O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 45 marta to'qnash kelishgan. 23 marta "ajdarlar" zafar quchishgan, 12ta o'yinda buxoroliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan 10ta uchrashuvda tomonlar "murosa ko'chasini" tanlashgan. O'zaro o'yinlarda "Nasaf" 74ta, "Buxoro" 43ta gol urgan.
O'zaro oxirgi ikki uchrashuvda "Buxoro" "Nasaf"ga umuman yutqazmagan - 1ta g'alaba, 1ta durang.
PAXTAKOR – QIZILQUM
18 oktyabr 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:30
Hakamlar: Olim To'ychiboev, Timur Gaynulin, Andrey Capenko, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Sardor Qudratullaev
Superligada oxirgi 12ta turda "Paxtakor" umuman mag'lub bo'lmadi, so'nggi ikki turda ikkita yirik g'alabaga erishdi. "Qizilqum" esa bu mavsum safardagi oxirgi 4ta o'yinda umuman g'alaba qozona olmadi - 2ta durang, 2ta mag'lubiyat.
Bu klublar hozirga qadar 41 marta to'qnash kelishgan. "SHerlar" 34 marta g'alabaga erishishgan. Oltita uchrashuvda durang kuzatilgan. "Qizilqum" bu jamoani faqat bir marta mag'lub etgan xolos (2001 yil). Yani Navoiy shahri klubi 19 yildan buyon "Paxtakor"ni mag'lub eta olmayapti.
"Paxtakor" o'z maydonidagi oxirgi 9ta o'yinning barchasida g'olib bo'lgan. So'nggi bor "Qizilqum" 2010 yilgi mavsum safarda bu jamoa bilan durang o'ynagan.
Paxtakor Eren Derdiyok - 17', Farrux Sayfiev - 73', Abror Ismoilov - 76' |
Superliga. 19-tur 18/10/2020, 17:30 1
:
3
Tugadi
|
Qizilqum Oybek Qilichev - 28' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar