Coca-cola Superliga, Birinchi liga hamda U21 chempionatida qoldirilgan o'yinlar bor
02 iyu 2022 17:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707494_original.jpg)
![](/upload/storage/707494_220.jpg)
Coca-cola Superliga, Birinchi liga hamda U21 chempionatida qoldirilgan o'yinlar bor
O'zbekiston U23 terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki sabab Coca-cola Superliganing 11-turidan joy olgan ikki uchrashuv nomalum muddatga qoldirilgandi.
Endilikda mazkur uchrashuvlar sanalari aniq bo'ldi.
Unga ko'ra, Jizzaxda kechishi kerak bo'lgan “So'g'diyona” — “Paxtakor” o'yini 6 avgust sanasida bo'lib o'tadi. “Dinamo” va “Nasaf” klublari esa Samarqandda 7 avgustda to'qnash keladi.
SHuningdek, Birinchi liga 13-turidan joy olgan “Aral” — “Navbahor-farm” hamda U19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan “Metallurg U19” — “Buxoro U19” o'yinlari jamoalar iltimosiga ko'ra boshqa sanalarda bo'lib o'tadi. Yangi sanalar haqida O'zPFL alohida malumot taqdim etadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar