So’nggi yangiliklar

08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  20 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2

Coca Cola Superliga. 2-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

"Championat.asia" ijodkorlari odatga ko'ra yakuniga etgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, kutib oling 2-turning ramziy terma jamoasi:

"Qizilqum" klubi Qo'qonda mehmon bo'ldi va 0:0 hisobidagi durang bilan ortga qaytdi. Navoiyliklar safida shu kuni eng yaxshi o'yinchi Ignatiy Nesterov bo'ldi. Aynan tajribali posbonning ishonchli harakatlari evaziga "Qiliqum" darvozasi ishg'ol qilinmadi. Bahs davomida Nesterov Lukich, Meliev, Xolmuhammedov hamda M.Hasanovlarning zarbalaridan keyin chiroyli seyvlarni ijro etdi.


O'ng qanot himoyasiga "Paxtakor" azosi Farruh Sayfievni qo'ydik. "SHerlar" o'z maydonida "Mashal"ni yirik hisobda taslim qildi. Sayfiev uchrashuvda hisobni ochuvchi golni kiritdi. O'sha vaziyatda golgacha uning ochilishi tahsinga sazovor.


CHap qanotga "Nasaf" vakili SHerzod Nasrullaev tanlandi. Himoyachi katta o'sishga erishmoqda. Tezligi juda yuqori, qanotdan paslari ham sifatli ko'rinish olmoqda. AGMKga qarshi o'yinda ham Norchaevga ajoyib golli pas berdi.


Markaziy himoyadan "Qo'qon-1912" vakili Ivan Yosovich hamda "Nasaf" azosi Husniddin Aliqulov joy oldi. Yosovich "Qizilqum"ga qarshi o'yinda himoya bilan birga standart vaziyatlarda raqib jarima maydonida ham faol bo'ldi. Aliqulov esa "Nasaf" safida AGMKga qarshi yana bir yaxshi o'yin o'tkazdi. Ikkinchi qavatda benazir bo'lib bormoqda.


Markaziy yarim himoya juftligi SHarof Muhitdinov ("Paxtakor") va Quvondiq Ro'ziev ("Navbahor"). Muhitdinov bu safar "Paxtakor" asosiy tarkibidan joy oldi va jamoa o'yiniga tez kirishib ketganini ko'rsatdi. Ayniqsa, CHeranning golida Dragan bilan devor uslubida o'ynaganini shunchaki tomosha qilish kerak. Ro'ziev "Lokomotiv"ga qarshi Toshkentdagi bahsda "Navbahor"ning eng faol o'yinchilaridan biri bo'ldi. Quvondiq "lochinlar" o'yiniga yaxshi kirishib ketgani ko'rinib turibdi.


O'tgan mavsum "Andijon" tarkibida Doniyor Abdumannopov o'z o'yinlari bilan ko'pchilikning diqqatini tortdi. Yangi mavsum oldidan unga ayrim klublar "sovchi" qo'yishdi, ammo andijonliklar futbolchini saqlab qolishdi. "Bobur Arena"dagi ochilik o'yinida aynan u eng faollardan biri bo'ldi.


"Nasaf" vingeri Oybek Bozorov ketma-ket ikkinchi turki ramziy terma jamoadan joy olmoqda. Undan tashqari, faqat F.Sayfiev ikkala turda ham ramziyga kirdi. AGMKga qarshi bellashuvda Bozorov chap qanotda raqib o'yinchilarini ancha ter to'kishga majbur qildi. Yangi mavsum aynan u uchun atalishini taxmin qilsa bo'ladi.


Bugungi "Paxtakor"ning hujumdagi asosiy kuchi - Dragan CHeran. "Mashal"ga qarshi uchrashuvda ham serb o'zining etakchilik qobiliyatini namoyish etdi. Uning Muhitdinov bilan hamkorlikda kiritgan golini esa futbol darsliklariga kiritsa bo'ladi.


Bir necha yildan so'ng yana Bekobod klubiga qaytgan SHahzodbek Nurmatov "Bunyodkor"ga qarshi bahsda ajoyib o'ynadi. Uchrashuv boshida Andreevning autdan tashlab bergan to'pini o'tkir burchakdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi va shedevr gol muallifiga aylandi. Bundan tashqari birinchi taymning o'zida Nurmatov jamoasi uchun penalti ham ishlab berdi. Biroq undan Andreev foydalana olmadi.


Superliga

2-tur ramziy terma jamoasi (4-2-3-1)

Ignatiy Nesterov ("Qizilqum")

Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Ivan Yosovich ("Qo'qon-1912"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf")

SHarof Muhitdinov ("Paxtakor"), Quvondiq Ro'ziev ("Navbahor")

Doniyor Abdumannopov ("Andijon"), Dragan CHeran ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf")

SHahzod Nurmatov ("Metallurg")


Coca Cola Superliga. 1-tur ramziy terma jamoasi         

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика