Ciyavash Haqnazariy - "Navbahor" o'yinchisi!
31 dek 2023 22:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/774579_original.jpg)
![](/upload/storage/774579_220.jpg)
Ciyavash Haqnazariy - "Navbahor" o'yinchisi!
"Eronlik tajribali yarim himoyachi Siyavash Haqnazariy “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.
Haqnazari 1995 yil, 3 avgustda Eron poytaxti Tehron shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Eronning "Persepolis" (Tehron, 2012-2014 yillar), "Malavan" (Enzeli, 2015-2017 yillar), AQSHning "OKSK akademiya" (2014-2015 yillar), "OK Blues" (2015 yil), Ukrainaning "Skala" (2017 yil), "Volin" (Luck, 2018-2021 yillar), va O'zbekistonning OKMK (Olmaliq, 2022-2023 yillar) jamoalarida o'ynagan.
SHuningdek, Eronning U-15, U-17, U-20 terma jamoalarida ham to'p tepgan.
Eronlik futbolchi yakunlangan mavsumda olmaliqliklar tarkibida barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan holda, 5 ta golga assistentlik qildi.
Biz Siyavash Haqnazariyga "Navbahor"dagi faoliyatida omad yor bo'lib, chiroyli o'yinlari hamda gollari bilan "lochinlar"ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar