"City Football Group" yana bir klubni sotib olmoqchi
06 sen 2020 13:28
Yangiliklar
"City Football Group" yana bir klubni sotib olmoqchi
"Manchester Siti" klubiga egalik qiladigan "City Football Group" kompaniyasi yana bir klubni sotib olishni rejalashtirmoqda.
"Mirror" xabariga ko'ra, kompaniyaning navbatdagi "o'ljasi" Portugaliyaning "Portimonense" klubi bo'lib turibdi. Klub egasi Teodor Foneska o'tgan yilning oxirlarida 35 million evrolik taklifni rad qilgandi. O'shanda u xaridorlardan 133 mln evro talab qilgandi. Tomonlar qanchadir foizlik akciyalarning xaridi borasida kelishib olgan ko'rinadi.
"Portimonense" Portugaliyaning yuqori ligasida ishtirok etadi. Yaqindagina Franciyaning "Trua" klubini sotib olgan "City Football"ga 10 klub tegishli bo'lib turibdi. Kompaniya shuningdek, Braziliya hamda Argentinadan ham klublar sotib olishni rejalashtirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar