CHust tumanida xotira turniri o'tkazildi
06 may 2015 12:15
Yangiliklar
CHust tumanida xotira turniri o'tkazildi
9-may ‘‘Xotira va Qadrlash‘‘ kuni munosabati bilan joylarda turli futbol musobaqalari o'tkazib kelinmoqda.
SHunday musobaqalaridan biri Namangan viloyati CHust tumanida o'tkazildi. CHust tumani xalq talimi sohasida fidoiylik bilan mehnat qilgan No'monjon Qurbonov xotirasiga atab maktab o'quvchi yoshlari o'rtasida futbol turniri o'tkazildi. Turnirda turli viloyatlardan qatnashgan futbolchilar qiziqarli bahslarni taqdim etib berishdi. Turnirning hal qiluvchi final o'yinida Farg'onaning ‘‘Neftchi‘‘ jamoasi Navoiyning ‘‘Navoiy‘‘ jamoasini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Turnirda g'olib bo'lgan futbolchilar musobaqa homiylari va tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Komiljon Ikromov
Komiljon Ikromov
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar